Breaking News

Turkiya va Ozarbayjonda parlament saylovlari o'tkazildi


Saylov uchastkasi, Istanbul, 1-noyabr, 2015-yil
Saylov uchastkasi, Istanbul, 1-noyabr, 2015-yil

Turkiya

Bugun Turkiyada muddatidan erta parlament saylovlari o'tkazildi. Ko'pchilik ovozlarni olgan partiya hukumatni shakllantiradi, aks holda g'olib partiya boshqa guruhlar bilan koalitsion hukumat tuzishga to'g'ri keladi.

Iyun oyidagi saylovlardan so'ng hukmron "Adolat va taraqqiyot" partiyasi parlamentda ko'pchilik o'rinlarni boy bergach (81 viloyatdan 38 tasida mag'lubiyat), koalitsion hukumat tuzishga qaratilgan harakatlar samara bermadi.

Xabarlarga qaraganda, shu daqiqaga qadar ovozlarning yarmi hisoblanib, "Adolat va taraqqiyot" partiyasi oldinda ketmoqda.

Agar hech bir partiya bu safar ham parlamentda ko'pchilik o'rinlarni qo'lga kirita olmasa, ya'ni 550 o'rindan 276 tasini - koalitsion hukumat tuzish uchun 45 kun beriladi. Buning ham uddasidan chiqilmasa, uch oydan so'ng yangi saylovlar belgilanadi.

Ozarbayjon

Bugun Ozarbayjonda ham parlament saylovlari bo'lib o'tdi. Muxolifat jarayonni boykot qilmoqda. Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi Xalqaro Amnistiya tashkiloti hukumatni prezident siyosatiga qarshi arboblarni qamab, muxolif partiyalarning saylov kampaniyasini cheklab qo'yganlikda ayblamoqda.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti kuzatuvchilar guruhi faoliyati cheklanganiga ishora qilib, saylovni kuzatish uchun mutaxassislar yubormaganini bildirdi.

13 partiya va bir blokdan 700 dan ziyod nomzod 125 parlament mandati uchun bellashdi. Mustaqil tahlilchilar bu gal ham Prezident llhom Aliyevning "Yangi Ozarbayjon" partiyasi g'alaba qozonishini bashorat qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG