Turkiyada portlash ro'y berdi

  • Amerika Ovozi

Portlash Suruch shahrida ro'y bergan. Suruch Suriyaning Kobani shahriga chegaradosh. Kobanida kurd jangchilar "Islomiy davlat" nomli jangari to'da bilan olishib keladi.

Portlash Suruch shahrida ro'y bergan. Suruch Suriyaning Kobani shahriga chegaradosh. Kobanida kurd jangchilar "Islomiy davlat" nomli jangari to'da bilan olishib keladi.

Turkiya Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, janubi-sharqda, Suriya bilan chegara yaqinida portlash ro'y berib, kamida 28 kishi nobud bo'lgan.

Jarohat olganlar kamida 100 kishi.

Vazirlik mamlakat ahlini tinchlikka da'vat etgan. Talofatlar soni oshishi mumkin, deydi rasmiylar.

Turkiyaning Suruch shahri Suriyaning Kobani shahriga chegaradosh.

Kobanida kurd jangchilar "Islomiy davlat" nomli jangari to'da bilan olishib keladi.

Suruch shahrida suriyalik qochqinlar ham jon saqlab keladi.

Oy boshida kurd jangchilari "Islomiy davlat" guruhini hududdan haydab solgan edi. Jangarilar shaharni qaytarib olishga urinar ekan, orada o'nlab odamlar nobud bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG