Anqaradagi portlashda kamida 28 kishi o'ldi

  • Amerika Ovozi

Blast in Ankara

Blast in Ankara

17-fevral kuni Turkiya poytaxti Anqarada yuz bergan portlashda kamida 28 kishi o'lgan, 61 odam yaralangan. Bomba o'rnatilgan avtomobil harbiylarni olib ketayotgan avtobusni nishonga olgani aytilmoqda.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog'an, qayerda bo'lmasin, mamlakatni himoya qilish uchun zarur choralar ko'rilishini bildirdi.

"Bunday hodisalar birligimiz va kelajagimizni nishonga oluvchi hujumlarni qaytarishga bo'lgan ahdimizni yanada oshiradi", - dedi u.

Erdog'an 18-fevral kuni Ozarbayjonga belgilangan safarini qoldirdi. Bosh vazir Ahmet Dovuto'g'li ham 17-fevral kuni Bryusselga rejalangan tashrifini bekor qilgan.

Xuruj poytaxt markazida armiya qarorhohi, parlament va bosh vazir idoralari yaqinida ro'y bergan.

Portlash yuz bergan payt Prezidentlik saroyida Erdog'an xavfsizlik bo'yicha yig'in o'tkazayotgan bo'lgan.

Sog'liqni saqlash vaziri Mehmet Muezzino'g'lining aytishicha, yaralanganlarning aksariyati yaxshi holatda.
Armiya bosh shtabi xurujni keskin qoralab, qurbonlar orasida harbiylar borligini tasdiqladi.

Turk rasmiylari portlashda Suriyadagi kurd isyonchilarini ayblamaqda.

Xalqqa televiizion murojaatida Bosh vazir Ahmet Davuto'g'lu xurujni amalga oshirishda Turkiyada man qilingan Kurdiston ishcilar partiyasi ko'maklashganini ta'kidlab Suriya fuqarosi Solih Nejarni tilga olgan. U kurd qurolli kuchlari a'zosi deydi bosh vazir.

O'tgan yili 10-oktabr kuni tinch namoyishlar yuz berayotgan payt yuz bergan ikki portlashda 101 odam halok bo'lgan edi. O'shandan beri mamlakat poytaxtida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Bu xuruj zamonaviy Turkiya tarixidagi eng qonli hodisa bo'lgani aytiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG