Klinton: Turkiyaga jurnalistlarni qamash yarashmaydi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton va Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog'lu, Istanbul, 16 iyul 2011

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton va Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog'lu, Istanbul, 16 iyul 2011

O’zini erkin jamiyat deb hisoblovchi Turkiyada ayni damda 60 ga yaqin jurnalist panjara ortida.

Yevropa Ittifoqiga kirish harakatidagi bu davlat matbuot xodimlaridan bunchalik xavfsiramasligi, ularning huquqlarini hurmat qilishi kerak, deydi Turkiyaga safar qilgan AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton.

“Turkiya siyosiy va iqtisodiy jihatdan ulkan yutuqlarga erishib, xalqaro sahnada yetakchi bir davlatga aylangan. Tanqidiy maqolalari uchun jurnalistlarni tazyiqqa olish bu davlatga yarashmaydi”,- deydi Klinton xonim.

Jurnalistlarni himoya qiluvchi mahalliy va xalqaro tashkilotlarning bildirishicha, qamoqdagi jurnalistlarning aksariyati hukumatga qarshi ig’volarda ayblangan.

Ularning ko'pi dunyoviy Turkiya tarafdori. Hokimiyatdagi “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi taqvodor harakat deya gumon qilinib, ayrim siyosiy doiralarga bunga qarshilik kuchli.

Turkiyada internet cheklanayotgani, ko’plab saytlar man etilgani va to’siqlar qo’yilgani ma’lum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG