Breaking News

Turkiyada uch vazir iste'foga chiqdi


Turkiya vazirlari
Turkiya vazirlari
Turkiyada korrupsiya bilan bog’liq tergov natijasida uch vazir ishdan ketgan. Ekologiya vaziri Erdog’an Bayroqdor iste’foga chiqayotganini aytib, bosh vazir Rajab Toyib Erdog’anni ham shunga da’vat etgan.

Bugun, shuningdek, iqtisodiyot vaziri Zafar Chag’layon va ichki ishlar vaziri Muammar Guler ham lavozimini bo’shatgan.

O’tgan hafta shu uch vazirning o’g’illari hamda yana bir necha odam poraxo’rlik aybi bilan hibsga olingan edi.

Erdog’an hibsga olishlar uning hokimiyati obro’sini tushirishga qaratilgan, deya politsiyaning bir necha rahbarini ishdan oldi.

Kuzatuvchilarga ko’ra, xorijda yashovchi taniqli ulamo Fathulla Gulen yaqingacha ittifoqchisi bo’lgan Erdog’an bilan chiqisha olmay, Gulenning xavfsizlik idoralaridagi tarafdorlari Erdog’anga qarshi harakatga tushgan.

Erdog’an unga qarshi bosh ko’targanlarni jazolashini aytgan. Ammo Istanbulda bir necha ming odam to’planib, bosh vazir va uning “Adolat va taraqqiyot” partiyasini hokimiyatdan ketishga chaqirgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, Erdog’an Gulen asos solgan harakatga qarashli xususiy maktablarni yopishga qaror qilgani ikki ittifoqchi o’rtasiga nizo solgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG