Turkiya: Kipr yuzasidan muzokaralar cho’zilib ketdi


Turkiya: Kipr yuzasidan muzokaralar cho’zilib ketdi

Turkiya: Kipr yuzasidan muzokaralar cho’zilib ketdi

Gretsiya nazorati ostidagi Kipr Respublikasi Yevropa Ittifoqi raisligini qo’lga kiritsa, Turkiya ittifoq bilan munosabatlarni muzlatib qo’yadi.

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an orolga tashrifi chog’ida bu haqda ogohlantirish berdi.

Kipr oroli grek va turk jamoalariga bo’linganiga 37 yil to’lmoqda. Yubiley tantanalarida qatnashgan Rajab Toyib Erdog’anning ta’kidlashicha, ularni birlashtirish imkoniyati hali ham mavjud va undan foydalanib qolish kerak.

“Shimoliy Qibris Turk Jumhuriyati tinchlik, totuvlikka intiladi, o’rtadagi barcha kelishmovchiliklarni hal etishga urinib kelayapti. Ammo vaqtni boy berayapmiz”, - deydi Turkiya bosh vaziri.

Turkiya: Kipr yuzasidan muzokaralar cho’zilib ketdi

Turkiya: Kipr yuzasidan muzokaralar cho’zilib ketdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafe’ligidagi muzokaralar doirasida Turkiya 2004 yili qator yon berishlarga ko’ngan edi.

Erdog’an orolni birlashtirish yo’lida muhim deb ko’rilgan bu imtiyozlarni bekor qilinishini bayon qildi.

Eslatib o’tish joiz, chegarani ochish taklifiga Kipr greklari qarshi ovoz bergan edi.

Anqaraning Bilkent Universiteti olimi Ioannis Grigoriadis so’zlariga ko’ra, Turkiya rahbariyatining so’nggi bayonotlari Kipr Respublikasida salbiy qarshi olingan.

“Yaqinda qayta saylangan Erdog’andan bu murakkab masalada, aksincha, yangi takliflar kutilgan edi”, - deydi u.

Yevropa Parlamenti a’zosi Richard Xovitt fikricha, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo’shilishiga qarshilik bildirayotgan davlatlar va guruhlar uchun bu ayni muddao.

“Rasmiy Anqara muzokarani o’z xohishi bilan tark etdi deyishga yaxshigina bahona bo’ladi”, - deydi Xovitt.

Turkiya ittifoqqa kirish uchun 2005 yildan beri harakat qilib keladi. Buning uchun Kipr Respublikasi bilan aloqalarni normallashtirishi shart, deb belgilangan.

XS
SM
MD
LG