Breaking News

Turkiyada zilzila qurbonlari soni oshmoqda


Turkiyada zilzila qurbonlari soni oshmoqda
Turkiyada zilzila qurbonlari soni oshmoqda

Turkiya sharqida yakshanba kungi kuchli zilziladan omon qolganlarni qidirish va qutqarish ishlari hamon davom etmoqda. Bugun etajli uy vayronalari ostidan ikki haftalik go'dak va onasi sog'-salomat chiqarilgan.

7,2 ballik zilzilada Eron chegarasiga yaqin Erjish va Van shaharlarida kamida 432 odam o'lgan, ikki mingdan ziyod imorat vayron bo'lgan. Ma'lumotlarga ko'ra, yuzlab va balki minglab odamlar hamon vayronalar ostida. Kimdir omon, kimdir esa nobud bo'lgani aytilmoqda. 1300 ga yaqin inson jarohat olgan.

Qizil Xoch xalqaro federatsiyasi falokat zonasiga 7500 dan ziyod palatka va 22 ming choyshab, oziq-ovqat va ichimlik suvi tarqatilganini aytmoqda. Hududning ba'zi joylarida elektr quvvati va suv yo'q. Yakshanbadan beri yuzlab maydaroq yer silkinishlari kuzatilgan. Birining quvvati 6,1 ball ekani ma'lum. Bosh vazir Rajab Toyib Erdog'an falokat zonasini o'sha kuniyoq ko'zdan kechirgan.

Erjish va uning atrofidagi rayon va qishloqlarda fuqarolarga yordam ko'rsatish ishlari sust kechayotgani haqida aytilmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlarida so'nggi ikki kunda qariyb 2500 odam ishtirok etgani ma'lum. Fuqarolardan xabar olishga urinyapmiz, deydi mutaxassislardan biri.

Ulupomir qishlog'ida 1980-yillarda Turkiya hukumati tomonidan Pomirdan olib kelingan qirg'iz ko'chmanchilari istiqomat qiladi. Rayon ma'muriyati vakili Qosimbek Varolning aytishicha, qishloqdagi qirg'izlarning uylari vayron bo'lmagan, ammo yer silkinishlari davom etayotgani uchun qahraton qishda tashqarida istiqomat qilish ehtimoli bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG