Turkiyadagi o'zbeklar saylovlarga munosabat bildirmoqda

  • Amerika Ovozi

Turkiyada yakshanba kuni o'tgan saylovlardan so'ng parlamentga kirgan partiyalar koalitsion hukumat tuzish imkoniyatlarini o'rganmoqda. Muxolif partiyalardan hech biri Prezident Rajab Toyib Erdog'an va Bosh vazir Ahmat Dovuto'g'li yetakchiligidagi "Adolat va taraqqiyot" partiyasi bilan ittifoq tuzmasligini bildirib o'tdi. Hukmron partiya koalitsion hukumat tuzish taklifi bilan qaysi guruhga chiqishi ham hozircha ma'lum emas.

Bugun Erdog'an Dovuto'g'li bilan uchrashib, qoidaga ko'ra bosh vazirning iste'fosini qabul qilgan.

"Adolat va hukmron" partiyasi 41 foiz ovoz bilan parlamentdagi 550 o'rindan 258 tasini qo'lga kiritdi. Ko'pchilik uchun 18 ta ovoz yetmadi. Parlamentdagi ko'pchilik konstitutsiyani o'zgartirib, mamlakatni prezident tizimiga o'tkazishga imkon berardi.

Saylovlarni yaqindan kuzatgan o'zbekistonliklarning hozirgi vaziyat bo'yicha fikri bo'lingan. Kimdir "Adolat va taraqqiyot" partiyasini qo'llab-quvvatlasa, kimningdir nazarida uning parlamentda ko'pchilik o'rinlarni qo'lga kiritolmagani Turkiya demokratiyasi uchun ijobiy hol.

Ularning fikrini to'liq holda quyidagi pleyer orqali tinglang:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG