Turkiyada muddatdan oldin parlament saylovlari o'tkaziladi

  • Amerika Ovozi

Turkiya parlamenti

Turkiya parlamenti

Turkiyada parlament saylovlaridan ikki oy o'tgach ham hukumat shakllanmagach, Prezident Rajab Toyib Erdog'an yangi saylovlar o'tkazishni buyurdi. Koalitsion hukumat tuzish yuzasidan kelishuv yo'q.

Saylov komissiyasi raisi Sadi Guvenning aytishicha, saylovlar 1-noyabr kuni o'tkaziladi.

Bugun Erdog'an Bosh vazir Ahmat Dovuto'g'li bilan uchrashib, undan yangi saylovlargacha muvaqqat hukumatni boshqarishni so'radi.

Erdog'anning "Adolat va taraqqiyot" partiyasi 7-iyun saylovlarida qoniqarsiz qatnashib, parlamentda ko'pchilik o'rinlarni 2002-yildan beri ilk bor boy berdi.

Tanqidchilarga ko'ra, Erdog'an koalitsiya tuzish harakatlariga ataylab halaqit berib, yangi saylovlarda partiyasining ko'pchilik o'rinlarni qo'lga kiritishiga umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG