Turkiya-Bryussel ziddiyatlari Kipr muzokaralariga ta'sir o'tkazmoqda

  • Amerika Ovozi

Bryussel Turkiyaning muxolif guruhlarga tazyiqni kuchaytirganini tanqid qilgach, Anqaraning Yevropa Ittifoqiga qo'shilish umidi yanada kamaydi. So'nggi voqealar Kiprni birlashtirish ishlariga ham soya solmoqda. 1974-yil Turkiya bu orol davlatga bostirib kirgandan beri mamlakat ikkiga bo'lingan. Anqara yurishi Gretsiyaning orolni o'z hududiga qo'shib olishga urinishiga javoban amalga oshirilgan. So'nggi xavotirlarga ko'ra, Turkiya Kiprni butunlay egallab olishi mumkin.

Soteris Antonio va Kutret Balchi bo'lingan orolning qarama-qarshi tomonlaridan. Ammo ular umumiy muammoga yechim izlamoqda.

Kavkaz asalari shohi Kiprning yoziga chiday olmaydi. Ular bunday asalarining yangi turini yaratishga urinmoqda.

"Turk do'stim Kutret Balchi bilan hamkorlik qilyapman. O'zaro fikr almashib, eng yaxshi asalarini yaratmoqchimiz", - deydi Antonio.

Ular chegaralararo hamkorliklari siyosatda ham aks etishidan umidvor.

Shveysariyada orolni birlashtirish bo'yicha muzokara ketmoqda. Bu so'nggi imkoniyat, deydi BMT rasmiylari.

"Bundan boshqa imkoniyat bo'lmaydi", - deydi tahlilchi Jeyms Ker-Lindsi.

Turkiya 1974-yil orol shimolini egallab olgach, yuz minglab grek kiprliklar uylarini tashlab qochgan edi. Ular bugun ortga qaytishni xohlaydi.

"Savol shuki, odamlar qaytishi uchun yetarli hudud beriladimi? Federatsiya tarkibida turk kipliklar ham o'z davlatiga ega bo'lishi kerak", - deydi Ker-Lindsi.

Turklarga qarashli Kipr rahbari, agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Turkiya shimolni qo'shib olishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

"Rossiya Qrimni bosib olib, evaziga jiddiy tovon to'lamadi. Turkiya ham buni ko'rib, nega endi biz shunday qila olmaymiz, deyishi mumkin", - deydi Ker-Lindsi.

Turkiya Yevropa Ittifoqiga qo'shilishni umid qilib, Kipr masalasida yon bosib kelayotgan edi. Ammo ittifoq Anqarani keskin tanqid qilishni boshlagach, vaziyat o'zgarmoqda.

"Demokratiya, sud mustaqilligi va matbuot erkinligisiz muloqot qila olmaymiz", - deydi ittifoq rasmiysi Johannes Han.

Yevropa Ittifoqiga qo'shilish ehtimoli ancha uzoq ekan, Kiprning birlashish imkoniyati ham yanada qiyinlashdi. Mahalliy aholi bu muzokara so'nggi urinish ekanini tushunadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG