Turkiya Fransiyani qatliomda aybladi

  • Amerika Ovozi

"Fransiya tarixidagi qonli sahifalar"

"Fransiya tarixidagi qonli sahifalar"

Turkiya Fransiyani genotsidda, taxminan 60 yil oldin Jazoirda mahalliy aholini qirganlikda aybladi.

1945-yilda fransuz mustamlakachilari bu yurt ahlining 15 foizini yo’q qilib yuborgan, deydi bosh vazir Rajab Toyyib Erdog’an.

“Yoqib yuborilgan ular. Agar prezident Nikolya Sarkozi bundan bexabar bo’lsa, (Jazoirda fransuz legionida xizmat qilgan) otasidan so’rasin”, - deydi Erdog’an.


Bu ayblov Fransiya parlamenti quyi palatasi kecha xunrezlikni inkor etishni jinoyat deb topgandan keyin yangramoqda. Xususan, deydi fransuz qonunchilari, Turkiyada Usmoniylar imperiyasida armanlar qatliom qilinganini rad etish asossiz.

Armaniston da’vosicha, Birinchi jahon urushidan oldin va keyin usmoniylar armiyasi bir yarim million armanni o’ldirgan. Tarixchilar buni 20-asrning eng dahshatli qirg’inlaridan biri deya ta’riflaydi.

Turkiya Fransiyani qatliomda aybladi

Turkiya Fransiyani qatliomda aybladi

Qonunni buzganlar salkam 60 ming dollar jarima to’lab, bir yil qamoqda o’tiradi. Lekin qonunga aylanishi uchun parlament senat tasdig’ini olmog’i darkor.

Erdog’an nazarida Sarkozi kelasi yilgi prezident saylovlarida qayta saylanmoqchi va Fransiya fuqaroligiga eza yuz minglab armanni o’ziga og’dirmoqchi.

Fransiya hukumati rasmiy Anqara pozitsiyasidan afsusda.

Fransiya parlamenti quyi palatasi qarori ketidan mintaqa va dunyoda nufuzi oshib borayotgan, iqtisodi mustahkam Turkiya bu davlatdan elchisini chaqirib olib, savdo va siyosiy aloqalarni qayta ko’rib chiqishini ma’lum qildi.

“Irqchilik, tengsizlik va musulmonlarga qarshi kayfiyat Fransiya, umuman, Yevropada tepalargacha yetib borganini ko’rib turibmiz. Sarkozi musulmon va turklarga qarshi gaplar bilan saylovda g’alaba qozonmoqchi”, - deydi Erdog’an.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG