Kurdlar - Eron, Iroq va Turkiyani bog'lovchi murakkab omil

  • Amerika Ovozi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutoglu va Eron tashqi ishlar vaziri Ali Akbar Solihiy (chapda)

Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutoglu va Eron tashqi ishlar vaziri Ali Akbar Solihiy (chapda)

Iroq qonli xurujlar va diniy, siyosiy adovat domida ekan, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto'g'li Eronga safar qilib, bu qo’shni davlatdagi vaziyatni muhokama qildi.

Yaqinda Iroq Vitse-prezidenti, sunniy arbob Tariq al-Hoshimiy vatanda shialarga qarshi suiqasd rejalash kabi ayblovlar bois Kurdistonga qochishga majbur bo'lgan edi. Yarim muxtor Kurdiston Hoshimiyni Iroq adliyasiga topshirishdan bosh tortib, ziddiyatni muzokara yo'li bilan hal etishni taklif etmoqda.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Seljuq Unal:

“Kurdiston tomonlarni murosaga chorlamoqda va biz bu siyosatni qo’llab-quvvatlaymiz. Turkiya Iroq Kurdistoni bilan samimiy, do’stona aloqada va shunday bo’lib qoladi”, - deydi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi.

Tahlilchilar nazarida Anqara Kurdistonni yoqlagani sari Eron norozi.

Turkiyadagi xavotirlar shundan iboratki, Iroqdagi siyosiy tanazzulda Tehronning qo’li bo’lishi mumkin.

Shialar hukmron Eron Iroqda ham shialar qudratini mustahkamlamoqchi, deydi ayrim ekspertlar.

Istanbuldagi Kultur Universiteti professori, sobiq diplomat Murat Bilhan Turkiya va Kurdistonni qalin iqtisodiy rishtalar bog’lab turibdi, deydi.

“Bordi-keldi yaxshi. Kurd rasmiylari Anqara bilan maslahat qilishga o’rgangan”, - deydi u.

Mintaqa energiya zaxiralariga boy, bundan tashqari, u yerda ishlayotgan xorij kompaniyalarining 60 foizi Turkiyaniki.

Lekin o’rtada “Kurdiston ishchilar partiyasi” ham bor.

Iroq bilan chegarada asoslangan va muxtoriyat, Turkiyadagi kurdlar uchun ko’proq huquq va erkinlik so’rab kurashayotgan isyonchilar Turkiyaga o’tib, xurujlar uyushtirib keladi.

Anqara Kurdistonda ularni nishonga olar ekan, muxtoriyat e’tirozini yashirmaydi.

Turkiyadagi "Haberturk" gazetasi muxbiri Soli Ozel fikricha, iqtisodiy manfaatlar doim ustun keladi.

“Kurdiston isyonchilarga qarshi amaliyotlarda qatnashmoqchi emasmi, demak Turkiya bu bilan hisoblashishi kerak. O’rtadagi savdo bir necha milliard dollarni tashkil etar ekan, tarix, siyosat va geografiyadan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, Turkiya arablardan ko’ra kurdlar bilan ko’proq kelishadi”, - deydi jurnalist.


urkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutoglu rasmiy tashrif bilan Eronda. Tehron rasmiylari bilan u qo’shni Iroqdagi siyosiy vaziyatni muhokama qiladi. Mintaqada o’z qudratini oshirishga intilayotgan ikki davlatning Iroq, xususan bu mamlakat kurdlari yuzasidan pozitsiyasi muhim.

((TEXT:)) Turkiya va Eron rasmiylari o’rtasidagi uchrashuvlarda asosiy e’tibor Iroqdagi hozirgi vaziyatga qaratilishi aniq. Bu mamlakat vitse-prezidenti Tariq Al-Xoshimiy shiyalarga qarshi chiqqan sunniy jangari otryadlarga yetakchilik qilganlikda ayblanmoqda. U ayblovlarni inkor etib, asosan kurdlar yashaydigan mintaqada boshpana topdi. Iroq Bosh vaziri Nuri Al-Malikiy kurdlardan Al-Xoshimiyni Bog’dod huquq-tartibot organlariga topshirishni talab qildi va rad javobi oldi. Kurdlar muzokaralar tarafdori.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Selcuk Unal Anqara ushbu pozitsiyani to’la qo’llab-quvvatlashini bildirdi:

((UNAL ACT))

“Kurdlar mintaqaviy hukumati – KRG - umummillat siyosiy uchrashuv uyushtirib, Iroqdagi so’nggi hodisalarni muhokama qilishni taklif etdi. Biz ham shuning tarafdorimiz. Turkiyaning KRG bilan munosabatlari a’lo darajada. Biz ular bilan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rishtalarimizni mustahkamlashda davom etamiz”.

((ACT END))

Biroq bunday pozitsiya Turkiyaning Eron bilan munosabatlariga salbiy ta’sir qilmoqda. Anqara Tehronni Iroq kurdlarini qo’llayotganlikda gumon qiladi.

Turkiyaning sobiq elchisi va Istanbuldagi Kultur Universiteti professori Murat Bilhan Turkiyaning Kurdiston bilan munosabatlarida iqtisodiy omil ham katta rol o’ynashini aytadi. Axir kurdlar yashaydigan mintaqa neftga boy. Bu yerda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalarning 60 foizi Turkiyaga tegishli.

((BILHAN ACT))

“Turkiya Kurdistonda alohida manfaatlar hamda alohida aloqalarga ega. O’zaro tashriflar – odatiy hol. Kurdlar Turkiyaga maslahat so’rab keladi, kelajakda hamkorlik qilaylik, deydi. O’rtamizdagi rishtalar kuchli”.

((ACT END))

Biroq Turkiyadagi kurd separatchilarining ham Iroq kurdlari bilan aloqalari bor. Kurd ishchilar partiyasi, PKK, a’zolari chegarani kesib o’tadi, Anqara bunga javoban separatchilar yashaydigan hududlarni bombardimon qiladi.

Turkiyaning “Haberturk” gazetasi siyosiy sharhlovchisi Soli Ozel fikricha, iqtisodiy manfaatlar boshqa masalalardan ustun kelmoqda:

((OZEL ACT))

“Iroq kurdlari Turkiyaning PKK partiyasiga qarshi kurashmasligini bayon etgan, boshqa yo’llar orqali sizlarga yordam berishga tayyormiz, degan. Turkiya bunga rozi bo’lishga majbur. O’zaro savdo hajmi milliardlab dollarga teng. Geopolitik, qolaversa tarixiy va ijtimoiy nuqtai nazardan, Iroq kurdlari Iroq arablari bilan emas, Turkiya kurdlari bilan kuchliroq aloqalarga ega bo’lishda davom etadi”.

((ACT END))

Eronga tashrifi davomida Turkiya tashqi ishlar vaziri qo’shni Iroqdagi vaziyatdan tashqari boshqa muhim masalalarni ham muhokama qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG