Turkiya chegara va Iroqning o’ziga 10-15 ming askar tortgan

  • Amerika Ovozi

Turkiya chegara va Iroqning o’ziga 10-15 ming askar tortgan

Turkiya chegara va Iroqning o’ziga 10-15 ming askar tortgan

Iroq bilan chegarada kurd jangarilariga qarshi harbiy amaliyot davom etmoqda, deydi Turkiya rasmiylari. Iroqning o’zida ham reydlar amalga oshirilayotgani ma’lum.

Turkiya Iroq shimoliga 10-15 ming askar tortib, hududni nishonga olmoqda.


Kurdiston Ishchilar Partiyasi chorshanba kuni chegarada Turkiyaning 24 askarini o’ldirgan edi. Shundan keyin rasmiy Anqara hujumga o’tib, piyoda va havo kuchlarini ishga soldi.

Bosh vazir Rajab Toyib Erdog'an

Bosh vazir Rajab Toyib Erdog'an

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyip Erdog’anning aytishicha, bu terrorizmga qarshi kurashning muhim qismi.

Iroq hukumati kurd jangarilarini qoralab, kelgusida Anqaraga qarshi har qanday xurujning oldini olishga harakat qilamiz, deya va’da berdi. Lekin Turkiya nazarida va’dalarni amalda isbotlash kerak.

Turkiyada esa g’azablangan minglab fuqaro, asosan, yoshlar namoyishga chiqib, harbiylarni olqishlagan. Chiqishlarda aksil-terror da’vatlar yangragan.

Turkiya chegara va Iroqning o’ziga 10-15 ming askar tortgan

Turkiya chegara va Iroqning o’ziga 10-15 ming askar tortgan

Tahlilchilar ta’biricha, odamlar mojarodan charchagan va uning tinch yo’l bilan hal etilishini istaydi.

Kurdiston Ishchilar Partiyasi so’nggi bir necha hafta Turkiyaga hujumlarga zo’r bergan. Turkiya qarshi zarbalarni amalga oshirar ekan, sabrimiz tugab bormoqda, deydi.

Kurd jangarilari 1984-yildan beri Turkiya janubi-sharqida muxtoriyat uchun kurashib keladi. Bu urush 40 000 dan ziyod odamning yostig’ini quritgan.

Amerika, Yevropa Ittifoqi va Turkiya Kurdiston Ishchilar Partiyasini terrorchi tashkilotlar ro’yxatiga kiritgan.

Chegara

Chegara

Rasmiy Anqara mamlakatda yashovchi barcha elatlar, jumladan, kurdlar huquqini ta’minlash, kengroq imkoniyat yaratishni va’da qiladi.

Bosh vazir Erdog’an 1982-yilda harbiylar tomonidan yozilgan konstitutsiyaga tuzatish kiritish kerak, deydi.

Kurd faollari fikricha, bosh qomusga shunday o’zgartirish kiritilsinki, bu elat avtonomiyaga aylansin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG