Turkiya-Iroq nizosi "Islomiy davlat" ga qarshi urushda pand bermoqda

  • Amerika Ovozi

Iroq maxsus kuchlari

Iroq maxsus kuchlari

AQSh tomonidan quvvatlangan Iroq kuchlari Mosul shahrini "Islomiy davlat" dan qaytarib olishga bel bog'lagan. Lekin Iroqning o'zida jangarilarni nishonga olayotgan Turkiya bunga qarshilik qilmoqda, deydi harbiylar.

Iroq Turkiya uning hududida o'z harbiylari bilan bemalol yurganidan norozi. Davlat rahbarlari bir-birini ogohlashtirish bilan band.

Muzokarada 1000 ga yaqin turk harbiysi Turkiya manfaatlarini himoya qilishi kutilmoqda.

Hozirda Mosul arablar, kurd va iroqliklar bilan kurashda. Bag'dod Turkiya zobitlariga bu yerda joy yo'q deb keladi.

Mosul, Iroq

Mosul, Iroq

Turkiya parlamenti Iroqda yana bir yil qolish kerakmi degan masalani ko'rib chiqdi. Anqara nazarida terrorizmga qarshi kurash shuni talab qiladi. Iroq hukumati esa turk kuchlari tezlikda chiqib ketsin degan talabni qo'ymoqda.

Mosul Iroqning Bag'doddan keyingi ikkinchi eng yirik shahri. Ekspert Maykl Nayts tahlilicha, Mosulni jangarilardan tozalash bir masala, undan keyingi ahvolni nazorat qilish bir masala.

Turkiya terrorizmga qarshi kurash bahonasi bilan oldin ham ko'p marta Iroq hududiga bostirib kirgan.

Bosh vazir Rajab Toyib Erdog'an esa operatsiyani hech kim buza olmaydi degan fikrda.

Mosul - sunniy mazhabidagi musulmonlar yashaydigan shahar. 1,2 million odam yashaydi. Turkiya bu shahar "Islomiy davlat" qo'liga o'tishini aslo istamaydi. "Mosul tozalanadi va sunniy arablar, turkman va sunni kurdlar yashashi kerak", - deydi Erdog'an. Iroq va Turkiya bilan hamkor AQSh Mosul "Islomiy davlat" dan tortin olinadi degan umidda. Biroq Amerika nazarida Iroq hududiga ruxsatsiz kirib xalqaro qonunlarni buzayotgan Turkiya uzoqni o'ylab qaror qilmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG