Musulda kim xo'jayin bo'ladi?

  • Amerika Ovozi

Iroq kuchlari Musulni "Islomiy davlat" dan tortib olmoqchi

Iroq kuchlari Musulni "Islomiy davlat" dan tortib olmoqchi

Iroq armiyasi Musul shahrini "Islomiy davlat" terror guruhidan tozalashga harakat qilar ekan, Turkiya nazarida sunniylarni qirib tashlashlasi mumkin.

Prezident Rejep Toyyip Erdog'an Bag'dodni u bilan hamkorlik qilishga undamoqda. Turkiya Iroq bilan 350 kilometrlik chegaraga ega.

Lekin Anqara aslida bu masalada Erondan norozi. Turkiyaning 700 ga yaqin maxsus kuchlari, kuchli qurollangan qo'shin, Musul yaqinidagi Bashiqa bazasida jangga shay. "Islomiy davlat" ga qarshi kurashda sunniylarga yordam berib kelmoqda.

Bag'dod Turkiyadan uning ishlariga aralashmaslikni so'rab, Bashiqani tark etishga chaqirmoqda. Aks holda nishonga olinishi mumkin, deydi Iroq rasmiylari.

Sinan Ulgen, Yevropada tadqiqot olib borayotgan turk olimi:

"Turkiya Musul operatsiyasiga bosh suqmasa kerak. Lekin Turkiya Musulni ozod qilish uchun kurashayotgan sunniy guruhlarni quvvatlashda davom etadi. Anqara ularning roli va xizmati inobatga olinishini istaydi, chunki Turkiya nigohida Bag'dod juda zaif".

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Iroq bilan muloqotda. Anqara yuqori lavozimli harbiysi Hulusi Akarni Vashingtonga yuborgan.

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Ibodiy harbiy qo'mondonlar bilan, Bag'dod, 17-oktabr, 2016

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Ibodiy harbiy qo'mondonlar bilan, Bag'dod, 17-oktabr, 2016


Anqara 1500 sunniyni Musulni terroristlardan tozalash uchun tayyorlaganini qayd etmoqda. Shialar buni tushunib, mazhablararo nifoqlarni chetga surib, bu kuchga yo'l ochib berishi lozim, deydi turk rasmiylari.

"Ba'gdod Eron bilan hamkorlikda Musulni "Islomiy davlat" dan tortib olib, uni shia maskaniga aylantirmoqchi. Musulning tub aholisi bo'lmish sunniylar qayga boradi? Turkiyaga qochishi mumkin. Qochqinlar ko'payadi. Bu chidab bo'lmas holat", - deydi siyosiy tahlilchi Murat Bilhan.

Turkiyada Iroq va Suriyadan uch millionga yaqin qochqin bor. Musuldagi janglar o'nlab ming odamni uy-joyidan ayirishi mumkin. Insonparvarlik tashkilotlari bu borada ogohlantirib kelmoqda.

Turkiya hukumati so'zlovchisi Numan Kurtulmus deydiki, Anqara adolatsizliklarga bardosh berib o'tirmaydi.

Siyosatshunos Sinan Ulgen tahlilicha, vaziyat nihoyatda murakkab.

"Musulda terroristlardan keyin kim xo'jayin bo'ladi? Eron quvvatlovidagi shialarmi, Turkiya quvvatlovidagi sunniylarmi, kurdlarmi, boshqa sunniy guruhlarmi yoki turkmanlar?"

Iroq turkmanlari Musulni muxtoriyatga aylanishini istaydi. Sunniylar va shialar orasidagi nizolar yanada kuchayadi degan xavotir hukmron.

BMT bergan bu xaritada Musulni tark etish yo'llari ko'rsatilgan, qizil rangda

BMT bergan bu xaritada Musulni tark etish yo'llari ko'rsatilgan, qizil rangda

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG