Iroqda Turkiya askarlari "Islomiy davlat" jangarilari bilan to'qnashdi

  • Amerika Ovozi

Iroqdagi Turkiya askarlari "Islomiy davlat" jangari guruhining kutilmagan hujumini qaytarishga muvaffaq bo'lgan. Bu haqda bugun Turkiya rasmiylari xabar berdi.

Iroqning Nineva viloyatidagi Bashiqa harbiy bazasida yuz bergan to'qnashuvda kamida 17 jangari o'ldirilgan. Bu yerda 150 turk askari Mosul shahrini jangarilardan tortib olish uchun iroqliklarni harbiy tayyorgarlikdan o'tkazib keladi.

Iroq hukumati Turkiya harbiylarining bu yerga kirib kelganidan norozi va Anqaradan o'z askarlarini zudlik bilan olib chiqishni talab qiladi.

Turkiya o'tgan oy Bag'dod bilan bu borada tushunmovchiliklar bo'lganini tan olgan va askarlarining bir qismini hududdan olib chiqqan. Bag'dod esa barcha askarlarning chiqarilishini talab qilib, aks holda harbiy choraga qo'l urishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Bashiqa bazasiga jangarilar o'tgan oy ham hujum qilib, to'rt turk askarini o'ldirgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG