Turkiya xalqaro koalitsiyaga o'z hududi orqali o'tishga ruxsat berdi

  • Amerika Ovozi

AQSh havo kuchlari Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahri atrofidagi jihodchilarni o'qqa tutmoqda

AQSh havo kuchlari Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahri atrofidagi jihodchilarni o'qqa tutmoqda

AQSh Mudofaa vazirligi rasmiylariga ko'ra, Turkiya AQSh yetakchiligidagi koalitsiyaga Suriya va Iroqda "Islomiy davlat" guruhiga qarshi zarba berish uchun o'z hududidan o'tishga ruxsat berdi.

Assoshieytid Press axborot agentligining xabar berishicha, koalitsiya kuchlari Turkiyaning Suriya bilan chegarasidan 100 kilometr naridagi Injirlik harbiy-havo bazasidan ham foydalanishi mumkin bo'ladi. Biroq bu xabar tarqalishi bilan Anqara uni darhol inkor etib, bunga ruxsat bermaganini ma'lum qildi.

Pentagon rasmiylari reja xususida gaplashish uchun shu hafta Turkiyaga safar qiladi.

AQSh avgust oxiridan beri Iroqda jangarilarni havodan o'qqa tutib keladi, o'tgan oy esa amaliyotlar Suriyaga ham tarqalgan.

Suriyaning asosan kurdlar yashaydigan Kobani shahri uchun kurd jangarilari jihodchilar bilan olishar ekan, Turkiyadan jangga kirishish so'ralmoqda, ammo Anqara hozircha bu ishdan o'zini tutib keladi. Unga ko'ra, suriyalik kurdlar Turkiya bilan uzoq yillar jang qilgan va terrorchi tashkilot deya tan olingan Kurdiston ishchilar partiyasiga aloqador.

AQSh, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari samolyotlari so'nggi ikki kun Kobanida jihodchilarni nishonga olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG