Turkiya, AQSh "Islomiy davlat"ga qarshi amaliyotga tayyorlanmoqda

  • Amerika Ovozi

Turkiya tanki Suriya chegarasida, 9-oktabr, 2014-yil.

Turkiya tanki Suriya chegarasida, 9-oktabr, 2014-yil.

Turkiya AQSh bilan hamkorlikda "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi katta harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko'rayapti. Ittifoqchilar Anqarani kurashga yetarli hissa qo'shmayotganlikda ayblayotgan edi. NATO a'zosi bo'lishiga qaramay, Turkiya va G'arb o'rtasida hanuz kelishmovchiliklar mavjud.

Turkiya va AQSh brigalikda Suriya va Turkiya o'rtasidagi 98 kilometrli chegarani yopish bo'yicha katta harbiy amaliyot o'tkazmoqchi. Bu kampaniya Anqaraning jangari guruhga qarshi kurashda sust ekani haqidagi tanqidlarni yumshatadi, deydi Bryusseldagi Karnegi jamg'armasi tadqiqotchisi Sinan Ulgen.

"Turkiyaning o'zini tutishi, IShIDga qarshi kurashda ehiyotkor bo'lgani yuzasidan tanqidlar bor edi. Turkiyaning guruhga yetarli e'tibor qaratmaslik siyosati ham tanqid ostida bo'lgan", - deydi u.

Turkiya armiyasi Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) va Suriyadagi kurd guruhini nishonga olib keladi. Suriya kurdlari IShIDga qarshi kurashda AQSh bilan hamkorlik qiladi, Anqara esa ularni PKK terrorchilari bilan ishlayotganlikda ayblaydi.

Ayni paytda Suriyadagi IShID nazoratida bo'lgan hududlarni qanday qaytarib olish bo'yicha Vashington va Anqara o'rtasida kelishmovchilik bor. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog'an havo qatnovi taqiqlangan xavfsiz hudud yaratishni talab qilayotgan bo'lsa, AQSh rahbari Barak Obama bu harakat aks natija berishini aytadi.

Turkiyaning "Jumhuriyat" gazetasi va "Al-Monitor" sayti siyosiy sharhlovchisi Semih Idiz so'zlariga ko'ra, Anqara murosa yo'lini izlamoqda.

"Bir hududni tozalab, u yerga maxsus kuchlarni yuborasiz. Shimoliy Suriyada shunday amaliyot bo'lishi mumkin va unda Turkiya ishtirok etadi. Zudlik bilan amalga oshiriladigan hujumlar orqali himoyalanadigan hudud barpo etilishi mumkin", - deydi u.

Kuzatuvchilarning ogohlantirishicha, turk askarlari Suriya hududiga kirsa, bu yerdagi kurd jangchilari bilan to'qnashuv yuz berishi ehtimoli yuqori. Shuningdek, "Islomiy davlat"ga qarshi kurashning muvaffaqiyati Vashington Suriya kurdlari va Anqara talablarini qanchalik muvozanatga solishi bilan bog'liq, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG