Erdog'an: Turkiya "Islomiy davlat" bilan ayovsiz olishmoqda

  • Amerika Ovozi

Istanbulda Bolqon davlatlari harbiylarining anjumanida so'zlar ekan, Erdog'an Turkiyani "Islomiy davlat" to'dasini qo'llayotganlikda ayblayotgan tomonlarni qoraladi.

Istanbulda Bolqon davlatlari harbiylarining anjumanida so'zlar ekan, Erdog'an Turkiyani "Islomiy davlat" to'dasini qo'llayotganlikda ayblayotgan tomonlarni qoraladi.

Prezident Rajab Toyib Erdog'an deydiki, Turkiya qurolli kuchlari Iroq va Suriyada "Islomiy davlat" guruhining uch ming a'zosini yo'q qilgan. Uning ta'kidlashicha, biror boshqa davlat ekstremistlarga qarshi bunchalik kurashmayapti. O'tgan haftaning o'zida Turkiya maxsus kuchlari Suriyaga kirib, "Islomiy davlat"ning o'nlab yetakchilarini yer tishlatdi, deydi u. ​

Istanbulda Bolqon davlatlari harbiylarining anjumanida so'zlar ekan, Erdog'an Turkiyani "Islomiy davlat" to'dasini qo'llayotganlikda ayblayotgan tomonlarni qoraladi.

Turkiya qonxo'r to'daga qarshi astoydil kurashayapti, holbuki boshqa davlatlar zarur choralar ko'rayotgani yo'q, razvedka ma'lumoti almashayotgani yo'q, deydi u.

"Orada bizga qarshi adolatsiz tanqidlar ham yangrayapti. Turkiyani jangarilarga yordam berishda ayblashdan toymayapti ular", - deya norozi bo'ldi Erdog'an.

NATOga a'zo Turkiya AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga qo'shilishga shoshmadi va shu bois tanqidga qoldi. Jangarilar Turkiya chegaralari orqali Yevropa tomon oqib kelishiga qarshi Anqara lozim chora ko'rmadi, sarhadlarni mudofaa qilmadi, deydi norozi koalitsiya davlatlari.

Erdog'anning e'tirozi shuki, biror boshqa mamlakat ekstremist to'dadan Turkiyachalik ziyon ko'rmadi.

Aynan Turkiya G'arb ittifoqchilarining yordamiga muhtoj, deydi u.

Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh hududlari deyarli har kuni raketa hujumlariga uchramoqda, ana shu hududlarni himoya qilishga yordam bering, deydi Erdog'an. Koalitsiya faqat Iroq va Suriyadagi janglarga diqqat qaratib, Turkiya bilan chegaradagi olishuvlarni e'tiborsiz qoldirmoqda, deya norozi prezident.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG