Turkiya hukumati ikki jurnalistni qamoqdan chiqardi

  • Amerika Ovozi

Istanbuldagi qamoqxona tashqarisida bugun, juma ertalab "Jumhuriyat" gazetasining bosh muharriri Jan Dundar va muxbir Erdem Gulni o'nlab odamlar olqishlar bilan kutib oldi.

Istanbuldagi qamoqxona tashqarisida bugun, juma ertalab "Jumhuriyat" gazetasining bosh muharriri Jan Dundar va muxbir Erdem Gulni o'nlab odamlar olqishlar bilan kutib oldi.

Turkiya hukumati qariyb to'rt oydan beri qamoqda qolayotgan ikki jurnalistni konstitutsion sud hukmi ortidan nihoyat ozod qildi.

Jurnalistlar hukumat yashirincha Suriyaga qurol uzatayotgani haqidagi maqolalari uchun hibsga olingan edi.

Istanbuldagi qamoqxona tashqarisida bugun, juma ertalab "Jumhuriyat" gazetasining bosh muharriri Jan Dundar va muxbir Erdem Gulni o'nlab odamlar olqishlar bilan kutib oldi.

"Matbuot erkinligini sud qilishdi", - deydi Jan Dundar.

"Biz erkinlikka chiqdik, lekin 30 dan ziyod hamkasblar hanuz turmada. Bizning misolimizda ular ham ozod qilinadi degan umiddamiz. Ularning ishini yaqindan kuzatib borishga va'da beramiz. Insoniylik, matbuot va so'z erkinligi yo'lida kurashni davom ettiramiz", - deydi bosh muharrir.

Ikki jurnalistning sudi kelasi oy davom etib, ular bu gal davlat sirini oshkor qilganlikda ayblanmoqda.

Amerikada asoslangan Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasiga ko'ra, Turkiya jurnalistlarni qamash, qo'rqitish va ezishda dunyoda birinchilardan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG