Breaking News

Kurd siyosatchilari boykotni bas qilib, parlamentga qaytdi


Kurd siyosatchilari boykotni bas qilib, parlamentga qaytdi
Kurd siyosatchilari boykotni bas qilib, parlamentga qaytdi

Turkiyada kurdlarning Tinchlik va Demokratiya partiyasi to’rt oy davom etgan boykotni bas qilib, parlamentdan joy oladi.

Qonunchilar o’z qarorini “tinchlik uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak”, deya izohlaydi.

Yozgi parlament saylovlarida Tinchlik va Demokratiya partiyasi salmoqli 36 o’rinni qo’lga kiritgan edi. Biroq olti a’zosi terrorizmda ayblanib qamoqqa olingach, boykot e’lon qilgan.

Partiya rahbari o’rinborasi Ertugrul Kurkchu norozilik aksiyasi kutilgan natijani bermaganini tan oladi.

“Omma diqqatini qarata oldik, hukumat va adliya organlari deputatlarga nisbatan adolatsiz munosabatda bo’lganini ko’rsata oldik. Ammo parlamentdan tashqarida ko’p narsaga erisha olmasligimizni ham tushundik”, - deydi u.

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyip Erdog’an hukumati boykot davomida yuqori martabali kurd qonunchilarini ozod etish talablarini qat’iyan rad etgan. Ular a’zo partiyani keskin tanqid ostiga olgan.

Siyosatshunos Chingiz Aktar Tinchlik va Demokratiya partiyasi o’z tarafdorlaridan ham dakki eshitganini aytadi.

“Kurdiston Ishchilar Partiyasi terrorchilik harakatlari bilan mamlakatni dahshatga solayotgan bir paytda, chetdan qarab turish yaramaydi. Muzokara va muhokama vaqti yetdi. Parlamentga qaytish eng ma’qul qaror”, - deydi Chingiz Aktar.

Tahlillarga qaraganda, qaror hukmron partiyaning nufuzini oshiradi va yangi konstitutsiyaga yo’l ochadi. Yangi bosh qomus kurdlar talabini qondirish va bo’lginchi kuchlar bilan sulhga erishishning garovi deb ko’rilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG