Hujum ketidan Turkiya Iroq shimolini bombardimon qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Hujum ketidan Turkiya Iroq shimolini bombardimon qilmoqda

Hujum ketidan Turkiya Iroq shimolini bombardimon qilmoqda

Turkiya havo kuchlari Iroq shimolida joylashgan kurd jangari makonlarini bombardimon qilmoqda.

Tunda Iroq bilan chegarada, Turkiyaning Hakkari tumanidagi ikki harbiy punktga qilingan hujum 24 harbiyni hayotdan olib ketdi, 18 nafari jarohatlangan. Bu 1993-yildan beri qayd etilgan eng katta talofat.

Voqeadan bir necha soat o’tmay Turkiya Iroq shimoliga jangovar samolyot va vertolyotlarini safarbar etdi. Bosh vazir Rajab Toyip Erdog'an operatsiya xalqaro qonunlar doirasida olib borilayotganini aytadi.

Hujum ketidan Turkiya Iroq shimolini bombardimon qilmoqda

Hujum ketidan Turkiya Iroq shimolini bombardimon qilmoqda

Bu orada, Yevropa Ittifoqi Turkiyani a’zolikka qabul qilishga doir yangi hisobotini e’lon qildi. Unda rasmiy Anqara so’z, matbuot erkinligi va ozchilik elatlar huquqini ta’minlashdagi kamchiliklar uchun tanqid qilinadi.

Turkiya nazarida tanqidlar oyoq tirab olgan ittifoqning shovinistik, sarqit siyosatidan boshqa narsa emas.

Bu hisobot a’zolik yo’lida Turkiya qanchalik olg’a siljiganini imtihon qiladi. So’z, matbuot erkinligi, tenglik borasida elakdan o’tkazadi. Ayni damda mamlakatda 50 dan ziyod jurnalist qamoqda.

Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo’yicha vaziri Egemen Bag’ish fikriga ko’ra, ittifoq haqiqatdan, real hayotdan uzilib qolgan.

“Yevropa Turkiya haqidagi eski tasavvurdan qutulishi kerak”, - deydi u.

Bu kabi keskin bayonotlar Anqaraning sabri tugab borayotgani, Bryusselga nisbatan g’azab hissi oshib borayotganidan dalolat beradi, deydi “Milliyat” gazetasi muxbiri Semih Idiz.

“Fransiya va Germaniya qarshi turib olgan. Ittifoqqa kirishimizga turkiyaliklar ham ishonmay qo’ydi. Boringki, moliyaviy bo’hronga botgan Yevropaga birov kiraman deb oshiqayotgani yo’q”, - deydi jurnalist.

Yevropa Ittifoqi safi kengayishi uchun mas’ul Stefan Fule Turkiyani tushunadi, ammo…

Hujum ketidan Turkiya Iroq shimolini bombardimon qilmoqda

Hujum ketidan Turkiya Iroq shimolini bombardimon qilmoqda

“Muzokaralar bir yildan buyon boshi berk ko’chaga kirib qolgan. Turkiya va ittifoqqa a’zo Kipr janjalidan xavotirdamiz. Shikoyat va tortishuvni yig’ishtirib, muloqotni qayta boshlash kerak”, - deydi Yevropa vakili.

Turkiyaning Kiprga nisbatan siyosati nihoyat qattiq, deyiladi hisobotda. Greklar nazoratidagi Kiprning orol tevaragida, dengizda tabiiy gaz qidirish tashabbusi rasmiy Anqaraga ma’qul emas.

O’rta yer dengiziga harbiy kemalar jo’natgan Turkiyaning talabi - bu ishlarni Kiprning turklar nazoratidagi shimoliy qismi bilan birga olib borish kerak. Ma’lumki, shimoliy Kiprni faqat Turkiya davlat deb tan olgan.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmad Davudo’g’li yaqinda o’tkazgan matbuot anjumanida Yevropani Kipr masalasida biryoqlama siyosat olib borganlikda ayblagan.

“Bu tarafkashlik vaziyatni murakkablashtirmoqda. Biz uchun bu muhim masala”, - deydi Davudo’g’li.

Hujum ketidan Turkiya Iroq shimolini bombardimon qilmoqda

Hujum ketidan Turkiya Iroq shimolini bombardimon qilmoqda

Yevropa Ittifoqi inson huquqlari bobida Turkiyani tanqid qilar ekan, yuridik tizim va harbiy kuchlarni dunyoviy hukumatga topshirish singari so’nggi islohotlorni olqishladi.

Yaqin Sharq va Afrikada xalq harakatlari, inqiloblarni yoqlab, tinchlik, tenglikni tanlagan Turkiya e’tiborga loyiq, deyiladi hisobotda.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Gvido Vestervelle Turkiya mintaqada nihoyatda muhim rol o’ynayshini ta’kidlaydi.

“Turkiya Yevropa va sharq o’rtasida ko’prik bir mamlakat. Hamkorlikdan ham Turkiya, ham Yevropa Ittifoqi manfaatdor”, - deydi u.

Xalqaro bo’hronlarni kuzatuvchi tashkilotning Turkiyadagi vakili Xyu Poup iqtisodiy o’sish haqida shunday deydi:

“Turkiya eksporti uch barobar oshgan, davlatning eng yo’qsil qismida ham xalq turmushi yaxshilanib bormoqda. Bu katta yutuq”.

Jahonda iqtisodiyoti mustahkam davlatlar ro’yxatida 17-o’rinni egallagan Turkiya Markaziy Osyo bilan ham siyosiy-iqtisodiy aloqani mahkamladi. Eksportining yarmidan ko’pi Yevropaga to’g’ri keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG