NATO Turkiyada mudofaa tizimini o'rnatishga rozi

  • Amerika Ovozi

"Patriot" havo mudofaasi tizimi

"Patriot" havo mudofaasi tizimi

NATOga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining bugun Bryusselda o'tgan majlisida Turkiyani Suriyaning ehtimoliy hujumidan himoya qilish maqsadida chegarada "Patriot" havo mudofaasi tizimini o'rnatishga kelishildi.

Rasmiy Anqara Suriyada vaziyat izdan chiqib, Bashar al-Assad hukumati unga qarshi kimyoviy qurol qo'llashi mumkinligidan xavotirga tushib, bir necha kun burun NATOdan "Patriot" raketalarini so'ragan edi. Bugun alyans masalani ijobiy hal qildi.

Blokka a'zo uch davlat kelasi bir necha hafta davomida raketalarni o'rnatadi - AQSh, Gollandiya va Germaniya. Tizimni ham shu mamlakatlar mutaxassislari yuritadi.

Sistema qisqa masofali raketalarni bir-bir yarim daqiqa ichida urib tushirish salohiyatiga ega, ammo undan hujumkor qurol sifatida foydalanib bo'lmaydi.

Kecha Istanbulda Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdog'an bilan uchrashgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin tizimning Turkiya-Suriya chegarasida o'rnatilishi vaziyatni keskinlashtiradi, deya tashvish bildirgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG