Turkiya atom zavodlari quradi

  • Amerika Ovozi

Turkiya atom zavodlari quradi

Turkiya atom zavodlari quradi

Yaponiyadagi zilzila va yadroviy fojia asoratlari atom energetikasini kelajak uchun muhim deb bilgan davlatlarni hushyorlikka da’vat etgan.

Qator hukumatlar o’z inshootlarini tekshirishga kirishgan. Istanbuldagi muxbirimiz Dorian Jounsning hikoya qilishicha, Turkiya atom zavodlari qurish qarorida qat’iy.

Istanbul markazida mamlakat yadro programmasiga qarshi yirik namoyish… Fuqarolar Bosh vazir Rajab Toyip Erdog’anning “atom zavodlari qurish rejasi o’zgarishsiz qoladi”, degan bayonotini qoralamoqda.

Turkiya atom zavodlari quradi

Turkiya atom zavodlari quradi

“Hukumat Yaponiyadagi vaziyatni ko’rib turibdi axir. Chernobilda ham qancha-qancha odamlar rakka chalingan. Farzandlarimiz so’glom muhitda o’sib ulg’ayishini istaymiz”, - deydi namoyishchi.

Bu kabi qo’rqinch va vahima asossiz emas. 1986 yilgi Chernobil avariyasi Qora dengizning narigi tomoni, Turkiyaning shimoliy hududlariga radioaktiv yog’ingarchilik olib kelganini odamlar yaxshi eslaydi.

Turkiya seysmoaktiv hududda joylashgan bo’lib, mamlakat territoriyasining 90 foizi zilzilaga moyil. 1999 yili tabiiy ofat Istanbul atrofida 30 ming kishining yostig’ini quritgan edi.

Bosh vazir Rajab Toyip Erdog’an xavf borglini tan oladi.

“Ammo falokat ro’y berishi mumkin deb rejalardan, sarmoyadan voz kechish to’g’ri emas. Zilzilalar bo’lishi turgan gap, inshootlar xavfsizlik jihatdan mukammal qilib quriladi”, - deydi Erdog’an.

Turkiya atom zavodlari quradi

Turkiya atom zavodlari quradi

Biroq Germaniya va Xitoy kabi energiyaga tashna davlatlar o’z atom dasturlarini qayta ko’rib chiqayotgan bir paytda, deydi faollar, Turkiya hukumatining pozitsiyasi mantiqsiz.

“Greenpeace” ekologiya tashkiloti xodimi Pinar Aksogan deydiki, atom zavodlari aholi uchun doimiy tahdid manbai. Buning uch asosiy sababi - tabiiy ofatlar, inson xatosi va qurilishdagi nuqsonlardir.

Turkiyada yaqin orada bunday inshootlarning uchtasini barpo erish ko’zlangan. Qurilish kelasi oy boshlanishi kerak.

Bundan maqsad, tabiiyki, mamlakaning o’sib borayotgan iqtisodiyoti va energetika ehtiyojlarini qondirish.

Turkiya atom zavodlari quradi

Turkiya atom zavodlari quradi

Prezident Abdulla Gul Turkiya energetika bobida boshqa davlatlarga tobe ekanini eslatib, atom zavodlari qurish rejasidan voz kechmaymiz, deydi. Prezident Yaponiya fojiasidan xulosa chiqarib, loyihani ikir-chikirigacha o’rganib, keyin boshlashga va’da bergan.

So’nggi 10 yilda iqtisodiyoti jadal o’sgan Turkiya yonilg’ining 95 foizini chetdan xarid qilar ekan, tobelikni kamaytirishga intilayotgani tabiiy, deydi ekspertlar.

Anqaraning yadroviy rejalariga qo’shni davlatlar ham e’tiroz bildirmoqda. Gretsiya yaqinda Yevropa Ittifoqiga shikoyat qilib, Turkiyani bu yo’ldan qaytarishni so’ragan.

Ilk atom stansiyasi rejalangan janubiy Akkuyu shahri Gretsiya orollariga yaqin. Seysmik jihatdan xavfli hududlarda yadroviy inshootlar barpo etishni Yevropa qonunlari taqiqlaydi, deydi grek rasmiylari.

Rasmiy Anqaraning javobi shuki, zavodlar Xalqaro Atom Boshqarmasi talablariga mos ravishda quriladi. Bundan tashqari, Turkiya Yevropa Ittifoqiga a’zo ham emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG