"Adolat va Taraqqiyot" hokimiyatda qolishi mumkin, raqiblar umidni boy bermayapti

  • Baris Ornarli
  • Anqara
  • Dorian Jones
  • Istanbul

"Adolat va Taraqqiyot" hokimiyatda qolishi mumkin, raqiblar umidni boy bermayapti

"Adolat va Taraqqiyot" hokimiyatda qolishi mumkin, raqiblar umidni boy bermayapti

Turkiyada 12-iyunga belgilangan parlament saylovlari uchun targ'ibot-tashviqot ishlari astalik bilan nihoyasiga yetmoqda.

Saylovoldi ommaviy so’rovlarida, ko’pchilik hokimiyatdagi “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi tarafdori ekanini aytmoqda. Ikkinchi o’rinda esa “Jumhuriyat Xalq” partiyasi.

Uchunchi o’rinda ketayotgan “Milliyatchi Harakat” esa saylov kampaniyalarida yolg’on ma’lumotlar tarqatilmoqda deya da’vo qilmoqda.

Millatchi guruh sifatida tanilgan “ Farqli Ulkuchular” o’tgan oy internetga bir necha seks videolar qo’yib, ularda “Milliyatchi Harakat” partiyasi yetakchilari aks etgani haqida xabarlar tarqalgach, bu tashkilotning yuqori martabali 10 a’zosi ishdan ketgan edi.

Lekin partiya rahbari Davlat Bahcheli bunda “Adolat va Taraqqiyot”ni ayblamoqda. Bu bir siyosiy oyin, deydi u.

“Matbuot ikki yuzlamachi, adliya tizimi esa jim. Prokuror sekin ishlayapti. Hukumat ham bundan foydalanmoqda”, - deydi “Milliyatchi Harakat” partiyasi yetakchisi.

“Adolat va Taraqqiyot” partiyasi rahbari, bosh vazir Rejep Toyyib Erdog’an esa bu tuhmat deydi.

“Masalaga aniqlik kiritish uchun qo’limizdan qilganini qildik. Bahcheli janoblari o’z partiyasining muammosida bizni ayblayapti”, - deydi u.

Gap shundaki, “Milliyatchi Harakat” partiyasi bu saylovda yutqazsa, ya’ni mamlakat bo’ylab 10 foizdan kam ovoz olsa, bundan “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi manfaatdor. O’sha kam ovozlar g’olib partiya hissasiga qo’shiladi.

Bunday holatda esa Turkiya Oliy Majlisida “Adolat va Taraqqiyot” mutlaq kuchga ega bo’lib, siyosiy muvozanat yo’qolishi va islomiylikda gumon qilingan bu partiya konstitutsiyani o’zgartirib, mafkura tubdan yangilanishi mumkin.

“Milliyatchi Harakat” partiyasi rais o’rinbosari Tunja Tosqay “Amerika Ovozi” Turk xizmatiga bergan intervyusida, “Ovoz beruvchilar hokimiyatdagi partiya davlat asoslarini ildizidan buzib tashlashga ahd qilganligini biladi va biz bunga yo’l qo’ymaymiz”,- deydi.

“Turk fuqarolari davlatimiz xavf ostida ekanligini tushunadi”,- deydi u.

Tunja Tosqay deydiki, Turkiya oldida turgan eng muhim masalalardan biri bu terrorizm. Iqtisodiyotni mustahkamlash kerak, ishsizlikka qarshi kurashish lozim. Buning uchun “Milliyatchi Harakat” partiyasi, 2023 yiligacha maxsus dastur ishlab chiqqan: Yanada demokratik tuzum taklif etiladi, adliya mustaqil bo’ladi, qonun ustuvorligi tiklanadi, boy va kambag’allar o’rasidagi farq yo’q qilinadi, yulg’ichlikka qarshi keskin choralari ko’riladi.

Saylovoldi so’rovlarida “Milliyatchi Harakat” partiyasi parlamentga kira olmasligi mumkin degan da’volar o’rinsiz, deydi Tunja Tosqay.

XS
SM
MD
LG