Kurd jangarilari xurujida Turkiyada ikki harbiy o'lgan

  • Amerika Ovozi

Agri viloyatining Dogubeyazit shahridagi xurujdan so'ng, 2-avgust, 2015-yil

Agri viloyatining Dogubeyazit shahridagi xurujdan so'ng, 2-avgust, 2015-yil

Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari Turkiya sharqidagi Agri viloyatida harbiy politsiya posti yonida xuruj uyushtirib, ikki askarning o'limiga zomin bo'ldi, 24 odam jarohat olgan. Viloyat Eron bilan chegaradosh bo'lib, jangarilar mashinaga ikki tonna portlovchi modda joylashtirgan.

Turkiya armiyiasi va kurd jangarilari o'tgan haftadan beri bir-biriga qarshi kurashni avj oldirgan. Iroq Kurdistoni Prezidenti Ma'sud Barzaniy bayonot chiqarib, har ikki tomonni tinchlik jarayonini davom ettirishga chaqirdi.

Bayonotda aytilishicha, Kurdiston ishchilar partiyasi Iroq shimolini tark etishi kerak, aks holda turk havo kuchlari hujumida tinch aholi nobud bo'lishi mumkin. Barzaniy Turkiya havo hujumlarini qoraladi.

"Kurd mintaqasida fuqarolar nobud bo'ldi, Turkiya bombardirovkalardan o'zini tiyishi kerak", - dedi u.

Barzaniy boshliq Kurdiston demokratik partiyasi Kurdiston ishchilar partiyasi bilan ko'p hollarda chiqisha olmaydi, ammo kurd jangarilariga Iroq tog'larida yashirinishga to'sqin bo'lmagan.

Turkiya hukumatiga ko'ra, Iroq shimolidagi havo hujumlari natijasida 260 ta kurd jangarisi yo'q qilingan, 400 nafari yaralangan.

Bugun Turkiyaning Mardin viloyatida harbiy transport minaga yo'liqib, portlashda bir askar o'lgan, to'rt nafari jarohat olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG