Suriyaliklar Turkiya chegarasiga oqib kelishda davom etmoqda

  • Amerika Ovozi

Rossiyaning havo hujumlaridan qochib minglab odamlar Turkiya chegarasi hududiga kelayapti. Ichimlik suvi, oziq-ovqat yetishmayapti. Tez yordam kerak.

Har kuni Rossiyaning havo hujumlaridan qochib minglab odamlar uyini tashlab chiqadi.

Qo'shni o'lkada gumanitar inqiroz kuchayib borayotgan bir paytda Turkiya hukumati qochoqlarni qabul qilib, kerakli yordamni ko'rsatish uchun boshqa davlatlardan yordam so'ramoqda.

Turkiya allaqachon ikki milliondan ortiq suriyalik qochoqqa boshpana bergan.

Prezident Rajab Toyib Erdog'an Anqara chegaralarni ochishi kerak deya da'vat qilgan xalqaro tashkilot va yetakchilarga o'z noroziligini izhor qildi.

"Bizga nasihat qilgandan ko'ra, BMT boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Suryadagi etnik qatliom va gumanitar inqirozni to'xtatsin. Ixtilof boshlangandan beri biz xalqaro hamjamiyatga qochoqlar muammosini qanday samarali yechish mumkinligini aytib kelyapmiz. Suriya hududida uchish taqiqlangan hududni barpo qilmasdan turib muammoni hal qilib bo'lmaydi", - dedi Turkiya rahbari.

Germaniyada ko'rishgan AQSh, Yevropa Ittifoqi va Rossiya diplomatlari Suriyada urushni to'xtatish bo'yicha kelishuvga erishish va qochoqlarga gumanitar yordam hajmini oshirish bo'yicha muzokara olib bormoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG