Turkiya Rossiyaning Idlibga uyushtirgan hujumlarini qoraladi

  • Amerika Ovozi

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Dovuto'g'li

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Dovuto'g'li

Turkiya Rossiyaning Suriyada amalga oshirayotgan havo hujumlarini keskin tanqid ostiga oldi.

Bosh vazir Ahmet Dovuto'g'lining aytishicha, Rossiyaning havo amaliyotlarida, asosan, fuqarolik ob'yektlari hamda mo'tadil muxolifat vakillari nishonga olinmoqda.

Suriya muxolifati ham Kreml hujumlarini keskin qoraladi. Rossiya Idlib shahrida amalga oshirgan zarbalarda 40 kishi, jumladan, ko'plab oddiy fuqarolar halok bo'lgan.

Idlibdagi hujumlar haqida to'xtalgan AQSh Davlat departamenti rasmiysi Rossiya keltirgan zarar ko'lamini tekshirish mas'uliyati AQSh yoki koalitsiya zimmasida emasligini aytdi.

"Rossiyaliklar o'z qilmishlari uchun, nimani nishonga olayotgani yoki ololmagani haqida o'zlari gapirishi kerak", - dedi AQSh rasmiysi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG