Breaking News

Erdog'an Saudiya Arabistoni qiroli bilan Suriya mojarosi haqida gaplashdi


Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog'an (chapda) Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz Al-Saud bilan, Riyod, 29-dekabr, 2015-yil.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog'an (chapda) Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz Al-Saud bilan, Riyod, 29-dekabr, 2015-yil.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog'an Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. U poytaxt Riyodda qirol Salmon bin Abdulaziz bilan uchrashgan. Davlat rahbarlari, asosan, Suriya inqirozini hal qilish masalasida gaplashgani aytilmoqda.

Erdog'anning Saudiya Arabistoniga tashrifi, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:18 0:00

Riyod va Anqara Suriya Prezidenti Bashar Assadni hokimiyatdan ketishga chaqirib keladi. Ammo bunday keskin yodashuv Turkiyaning mintaqada yolg'izlanib qolishi xavfini oshirdi. Rossiya harbiy samolyotining Turkiya tomonidan urib tushirilishi ortidan Moskva bilan ham aloqalar taranglashgan.

Xavfsizlik bo'yicha tahlilchi Metehan Demirning aytishicha, minataqada Anqaraga qarshi davlatlar sonining ortgani Erdog'anni Saudiya Arabistoniga borishga undagan.

"Oxirgi paytlarda Turkiyaning G'arb, Rossiya va AQSh bilan aloqalari yaxshi emas edi. Shuning uchun u Yaqin Sharqda va arab o'lkalarida o'ziga ittifoqchi qidiryapti. Saudiyaga qilingan tashrif shunday tushunilishi kerak. Albatta, Saudiya Arabistoni va Turkiya o'rtasida ayrim masalalarda kelishmovchiliklar ham bor", - deydi tahlilchi.

Turkiya o'z oldiga qo'ygan yana bir maqsad - energiya masalasida Rossiyaga qaramlikni kamaytirish. Erdog'an Saudiya Arabistoni yetakchiligida terrorizmga qarshi islomiy davlatlar harbiy ittifoqi tuzilganini ham olqishladi. NATO a'zosi bo'lgan Turkiya mintaqaning armiyasi eng katta va eng yaxshi qurollangan davlatlaridan biri sanaladi.

Ammo Karnegi instituti tahlilchisi Sinan Ulgen fikricha, sunniy davlatlardan iborat bu ittifoq, asosan, Eronga qarshi tuzilgan, degan tasavvur beradi.

"Bir tomondan Riyod, ikkinchi tomondan esa Tehron mazhablararo ziddiyatni yanada kuchaytirmoqda. Bu Turkiya uchun tahdid. Saudiya Arabistoni esa Turkiyani o'z tarafiga og'dirishni istayapti", - deydi u.

Prezident Erdog'an Riyodga safarini boshlash oldidan Suriya Prezidenti Bashar Assadni yana bir bor o'z xalqini shafqatsizlarcha qirayotganlikda aybladi. Ayni paytda Rossiyani ham qattol rejimni himoya qilayotgani uchun tanqid qildi.

Uning aytishicha, Anqara va Riyod Suriya inqiroziga siyosiy yechim topish yo'lida birga ishlamoqda.

Saudiya rasmiy matbuotining xabar berishicha, ikki davlat yetakchilari Iroq, Liviya va Yamandagi ixtiloflar yuzasidan ham fikr almashgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG