Breaking News

Turkiya iqtisodiy mo'jizasi tugadimi?


Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdog'an (chapda) tarafdorlari oldida nutq so'zlamoqda, Anqara, 15-iyun, 2013-yil.
Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdog'an (chapda) tarafdorlari oldida nutq so'zlamoqda, Anqara, 15-iyun, 2013-yil.
Turkiya moliya bozori haftalab davom etgan namoyishlardan jiddiy ziyon ko’rdi. Ayrim tahlilchilar fikricha, 10 yil to’xtovsiz o’sgan iqtisodiyotda charchoq alomatlari sezilyapti. Hukumatning iqtisodiy siyosatini savol ostiga olayotganlar ham talaygina.
Hukumatga qarshi namoyishlar moliya bozoriga ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi. Birjalarda narxlar pasayib, turk lirasining qadri AQSh dollariga nisbatan keskin tushib ketdi.
Turkiyaning moliyaviy muammolari, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:33 0:00
Yuklab oling

Istanbuldagi Bahchashehr universiteti iqtisodchisi Chingiz Aqtarning aytishicha, birjadagi narxlarning tushishi va pulning qadrsizlanishi xalqaro bozordagi holat bilan ham bog’liq. AQSh federal zaxira banki foizsiz kredit berishni to’xtatishi mumkinligi haqida e’lon qilgach, xalqaro moliya bozorlari larzaga keldi.

“Bu yerdagi bozorning zaiflashgani, asosan, AQSh Federal zaxira banki chiqargan qaror bilan bog’liq. Lekin bu namoyishlar vaziyatni yanada yomonlashtirdi. To’g’ri, ko’p davlatlar AQShdagi o’zgarishlardan jiddiy zarar ko’rdi, lekin Turkiya va Janubiy Afrika iqtisodiyotida buning asorati eng ko’p sezildi”, - deydi iqtisodchi.

Turkiya iqtisodi, asosan, xorijiy sarmoyadorlarga tayanadi. O’tgan 10 yil davomida hukumat siyosati investorlarni rag’batlantirib keldi. Shu bois chetdan sarmoyalar oqimi rekord darajada oshib, ekonomika uch barobar kattalashdi.

Ammo Istanbuldagi Finansbank bosh iqtisodchisi Inan Demirning aytishicha, bosh vazirning namoyishlar ortida turgan kuch sifatida xalqaro moliyaviy institutlarini ayblashi xorijlik sarmoyadorlarni cho’chitib qo’ydi.

“Ehtimol, bularni oddiy so’zlar deb esdan chiqarishar. Balki hukumat biznesbop siyosatini o’zgaritmoqchi, deb tushunishar? Nima bo’lganda ham, hozirgi holat ilgari o’zlari ishlab o’rgangan muhit emasligini sezishdi”, - deydi turk iqtisodchisi.

“Global manba hamkorlari” tadqiqotchisi Attila Yesiladaning fikricha, global sarmoyadorlarning Turkiyaga munosabati allaqachon o’zgargan.

“Bir oy oldin Turkiya dunyoda eng jozibador bozor edi. U haqda doim imkoniyatlar mamlakati sifatida gapirilgan. Endi esa ehtiyotkorlik bilan munosabat qilishyapti”, - deydi u.

Turkiya uchun xalqaro vaziyatning qandayligi juda muhim. Chunki hukumat o’zining mavjud kamomadini yopish uchun xalqaro sarmoyadorlarga tayanadi. Iqtisodchi Demirning aytishicha, Turkiyaning kreditorlarga to’laydigan foizi hukumatga qimmatga tushishi mumkin.

“Turkiya keyingi 12 oy ichida xorijdan 200 milliard dollar sarmoyaga ehtiyoj sezadi. Bu yalpi ichki mahsulotning 25 foiziga teng. Agar mamlakatda notinchlik davom etsa, chetdan pul olish yanada qiyinlashadi. Bu esa keyingi choraklarda yalpi ichki mahsulotning o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi”, - deydi Demir.

Hatto namoyishlar boshlanishidan oldin ham Turkiya iqtisodiyotida o’sish 3 foizga tushib qolgan edi. O’tgan yillardagi 8 foizga qaraganda bu ancha kam. Agar mamlakat iqtisodiy muammolarga yuz tutsa, Erdog’an partiyasi uchun qiyin bo’ladi, deydi iqtisodchi Aqtar.

“Bu hukumat iqtisodiyot gurkirab rivojlanayotgani uchun muvaffaqiyat qozonyapti. Agar so’nggi 6-7 yildagi natija takrorlanmasa, saylovchilar ulardan yuz o’girishi mumkin”, - deydi Aqtar.

Kelasi ikki yilda saylovlar bo’lib o’tishi kutilar ekan, bosh vazir mamlakat yuz tutayotgan muammolar haqida jiddiy o’ylab ko’rishi kerak, deydi tahlilchilar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG