AQSh va Turkiya "Islomiy davlat"ga qarshi katta hujumga hozirlanmoqda

  • Amerika Ovozi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Suriya chegarasiga yaqin "Injirlik" aviabazasiga AQSh harbiy samolyotlari va dronlari kelmoqda. Yaqin kunlarda AQSh va Turkiya "Islomiy davlat"ga qarshi katta jang boshlaydi, deydi vazir.

Chavusho'g'li bugun Malayziyada AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan shu haqda gaplashgan.

Turkiya rasmiylariga ko'ra, amaliyot natijasida Suriya chegarasi bo'ylab 100 kilometrlik hududda "Islomiy davlat"dan xoli zona yaratish ko'zda tutilgan.

Anqara Qo'shma Shtatlarga o'tgan hafta "Injirlik" harbiy-havo bazasidan foydalanishga ruxsat bergan. Bu AQShga "Islomiy davlat"ga qarshi amaliyotlarda vaqt va yoqilg'i tejashga yordam beradi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh kuchlari Assad armiyasini ham nishonga olishi mumkinligini xavotir bilan taxmin qildi. Shunday bo'lgan taqdirda, deydi Rossiya vaziri, vaziyat butunlay izdan chiqishi mumkin.

Lavrovga ko'ra, AQSh Assadni ajratib, "Islomiy davlat" va al-Nusra fronti kabi guruhlarga qarshi umumiy front tuzish harakatlariga pand bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG