Breaking News

Turkiya O'zbekiston rahbariga: Keling, mehmonimiz bo'ling!


Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto'g'li (o'ngda) prezident Islom Karimov bilan muloqotda, 10-iyul, 2014
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto'g'li (o'ngda) prezident Islom Karimov bilan muloqotda, 10-iyul, 2014

O’zbekistonga safar qilgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto’g’li qardosh davlatlar orasida yangi davr boshlandi deydi. Oqsaroyda O’zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan muloqotda Dovuto’g’li uni Turkiyaga taklif qilgan.

10-iyul kuni Toshkentga borgan Turkiya bosh diplomati o’tgan yillar mobaynida rishtalar sovuqlashgani, hamkorlik orqaga ketganini tan oladi. Jurnalistlar bilan uchrashuvda u uzoq yillikda to’xtashlardan so’ng munosabatlarda yangi sahifa ochilmoqda deya bayon qildi.

Davuto’g’li O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan hamkorlikda yangi reja ishlab chiqqan va prezident Karimov uni ma’qullangan. Oqsaroydagi uchrashuvda xalqaro masalalar va mintaqadagi vaziyat bo’yicha ham fikr almashilgan.

Tomonlar yilda bir marta davlat rahbarlari va tashqi ishlar vazirlari darajasida muzokaralar o’tkazib turishga kelishgan. Davlatlararo siyosiy tashriflarni bu muntazamilikka ko’tarilishi, ekspertlar nazarida, O’zbekiston-Turkiya munosabatlaridagi uzoq yillik tanafus tugaganini anglatadi.

Davutog’li nafaqat Komilov balki Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Elyor G’aniyev bilan ham muloqot qilib, davlatlar orasidagi savdo hajmini hozirgi 1 milliard dollardan 3 milliard dollarga ko’tarishga, Turkiyaning O’zbekistonga sarmoyasini ham shu ko’rsatkichga yetkazishga kelishgan.

Turkiyadan O’zbekistonga keladigan sayyohlar soni oshadi degan umid bor. Turkiyadan Samarqand va Buxoro yo’nalishi bo’ylab aviaqatnovlarni yo’lga qo’yish ham muhokama qilingan.

Davuto’g’li fikricha, O’zbekiston va uning davlati Osiyodagi barqarorlik garovi.

Siyosatshunoslar Turkiya bosh diplomatining tashrifi va bayonotlarini jiddiy qadam deb baholasa-da, aloqalar haqiqatdan ham yaxshilanmoqda deyishga shoshmaydi.

Turkiyada yashayotgan o’zbek ziyolisi Namoz Normo’min:

“O’zbekistonda asosan AQSh bilan yaqinlik, Rossiya bilan alohida bir munosabatlar qurish, Xitoy bilan esa iqtisodiy aloqalarni o’rnatishga qaratilgan siyosat olib borilmoqda. Shu blian birga Karimovni bezovta etib kelayotgan narsa, Rossiyada bo’lsin yoki Turkiyada bo’lsin, ko’plab o’zbek muhojirlarining bu davlatlarga joylashayotgani va ularning faoliyatidir. Karimov ko’proq shundan bezovtaligi uchun ham Turkiya Bosh vaziri bilan uchrashuvlarni qabul qilayotgan bo’lishi mumkin”.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Samarqand, Buxoro va Xivani ham ziyorat qilmoqda.

Islom Karimov, Oqsaroy
Islom Karimov, Oqsaroy

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto'g'li bilan, Toshkent, 10-iyul, 2014
O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto'g'li bilan, Toshkent, 10-iyul, 2014

Elyor Ganiyev Ahmet Davuto'g'li bilan, Toshkent, 10-iyul, 2014
Elyor Ganiyev Ahmet Davuto'g'li bilan, Toshkent, 10-iyul, 2014

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG