Binali Yildirim - Turkiyaning bo'lajak bosh vaziri

  • Amerika Ovozi

Binali Yildirim

Binali Yildirim

Turkiyada hukmron "Adolat va taraqqiyot" partiyasining syezdida bosh vazirlikdan yakshanba kuni rasman ketgan Ahmat Dovuto'g'li o'rniga partiya raisi etib Transport vaziri Binali Yildirim tayinlandi.

Yildirim partiya asoschilaridan biri bo'lib, Prezident Rajab Toyib Erdog'anning eng yaqin safdoshlaridan. Hukmron partiya raisi sifatida 60 yashar Yildirim bosh vazirlikka ham tayinlanishi kutilmoqda.

So'nggi paytlarda kurd muammosi va hukumatni tanqid qilayotgan jurnalistlarga munosabat bo'yicha Erdog'an bilan chiqisha olmagan Dovuto'g'li yangi hukumat shakllanmaguncha vaqtincha bosh vazir bo'lib turadi. U, shuningdek, Erdog'anning Turkiyani parlament respublikasidan prezident tizimiga o'tkazish rejalari bo'yicha ham norozilik bildirgan.

Yyangi hukumat tarkibi bilan bo'lajak bosh vazir Binali Yildirim shug'ullanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG