Breaking News

Vashingtonda Turkiy-Amerika konvensiyasi o'tkazildi


Turkiy-Amerika anjumani/Turkic American Convention
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:13 0:00

Turkiy-Amerika anjumani/Turkic American Convention

Vashingtonda Turkiy-Amerika konvensiyasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:00 0:00
Yuklab oling

Vashingtonda Turkiy davlatlar ishtirokida energetika va savdoni rivojlantirishga doir bir kunlik anjuman o’tkazildi. Unda AQSh rasmiylari va qonunchilari ham ishtirok etib, Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Turkiyada bu boradagi muammo va imkoniyatlar haqida fikr almashdi.

Turkiy davlatlar yirik energetik zaxiralarga ega ekan, ular Qo’shma Shtatlar uchun uzoq muddatda ahamiyatini yo’qotmaydi. 2014-yilgacha Afg’onistondan qo’shinlarini region orqali chiqarishni rejalayotgan AQSh uchun qisqa muddatda ham hudud muhim bo’lib qoladi.

Kongress a’zosi Ileana Ros-Leytinenning aytishicha, Amerikaning mintaqa davlatlari bilan munosabatlari kuchaymoqda.

“Markaziy Osiyoda savdo, iqtisodiyot, energetika sohalarida aloqalarimiz rivojlanmoqda. Mintaqa davlatlari Qo’shma Shtatlarga terrorga qarshi urushda yaqindan yordam bermoqda. Region iqtisodiyoti gurkirab borar ekan, Amerika u bilan hamkorlikni oshirishga harakat qiladi”, - deydi qonunchi ayol.

Konvensiyaning ochilish marosimida so’zga chiqqan AQSh senatorlari va kongressmenlari, turkiy davlatlardan Vashingtonga kelgan rasmiylar mintaqaning jahon siyosatida tutgan o’rni, ahamiyatiga urg’u berdi.

Anjuman mezboni “Turkiy-Amerika Ittifoqi” tashkiloti rahbari Faruk Tabanning aytishicha, tadbirdan asosiy maqsad AQSh bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilibgina qolmay, turkiy davlatlar o’rtasidagi aloqalarni ham yangi pog’onaga chiqarishga yordam berishdan iborat.

“Oldingi anjumanlarimiz faqat Turkiya-AQSh munosabatlariga urg’u berar edi, ammo endi unga turkiy davlatlarni ham qo’shib, Turkiya vositachiligida mintaqaning AQSh bilan hamkorligini oshirishni hamda turkiy davlatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni yaxshilashni ko’zlayapmiz”, - deydi Faruk Taban.

Sovet Ittifoqi qulaganidan beri turkiy davlatlar siyosiy va iqtisodiy jihatdan birlashishga, yaqinlashishga harakat qilib keldi, ammo hozircha samarasiz. Shunga qaramay, deydi Ozarbayjon parlamentining Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi Samad Seidov, integratsion jarayonlar to’xtagani yo’q.

“Bizning dilimiz yaqin, iqtisodiy jihatdan o’xshashmiz, ko’p siyosiy masalalarda bir-birimizni qo’llab-quvvatlaymiz. Shuni unutmaslik kerakki, birlashishga qaratilgan har qanday harakat qarshilikka uchraydi. Biroq muhimi ittifoqimizga kimning qarshi chiqayotgani yoki birlashish jarayonida qanday muammolarga duch kelayotganimiz emas, balki davlatlarimizda birlashishga nisbatan siyosiy irodaning naqadar kuchli ekani. Vashington anjumanini bu jihatdan foydali deb bilaman”, - deydi ozarbayjonlik deputat.

Konvensiyada mintaqaning har bir mamlakati bo’yicha alohida sessiya o’tkazilib, unga taklif etilgan ekspertlar savdo va energetika sohalaridagi imkoniyat va muammolar xususida o’z qarashlarini bayon qildi. O’zbekistonga doir sessiyada respublikaning Jahon savdo tashkilotiga kirish harakati, AQShning Afg’onistondagi qo’shinlari uchun O’zbekistondan mahsulot xarid qilish jarayoni, mamlakatdagi erkin iqtisodiy zonalar, muqobil energiya manbalarini rivojlantirishga doir mavzular ko’tarildi.

Aytish joiz, Turkiy-Amerika konvensiyasida O’zbekistondan hech kim ishtirok etmadi. Umuman, rasmiy Toshkent so’nggi yillarda Turkiya tashabbusi bilan o’tkazilayotgan tadbirlarni inkor etib keladi. Ikki davlat munosabatlaridagi salqinlik sir emas. Iliqlik qachon bo’ladi, deb so’radik Vashingtondagi anjumanga tashrif buyurgan turkiyalik deputat, hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi raisining o’rinbosari Ekrem Erdemdan.

“Vaqt o’tib aloqalar yaxshilanishidan umidim katta. Har ikki davlat tomonidan yo’l qo’yilgan xatolar, siyosatdagi ayrim kelishmovchiliklar, yaqinlashish uchun yetarlicha harakatning yo’qligi bu ishga pand beryapti hozircha. Yaqinlik zamon talabidir. 75 million aholiga ega Turkiya va imkoniyatlarga boy O’zbekiston hamkorligidan har ikki tomon manfaatdor. Birligimiz bo’lmasa, faqat zarar ko’ramiz. Birgalikda harakat qilsak, ko’p imkoniyatlarga yo’l ochiladi. Jarayonga g’ov bo’layotgan kuchlarni esa chetga surish zarur. Ishonchsizlik – o’rtadagi muammo va unga barham berish lozim”, - dedi Turkiya parlamentining deputati Ekrem Erdem.

Turkiy-Amerika konvensiyasida so’zga chiqqan AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Robert Bleyk AQShning mintaqadagi har bir davlat bilan munosabatlariga baho berib, mavjud imkoniyatlardan to’liq foydalanish kerak, dedi.

“Ikki yil oldin Davlat kotibasi Xillari Klinton Janubiy va Markaziy Osiyoda savdo va iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish maqsadida “Yangi Ipak yo’li” tashabbusi bilan chiqqanida Turkiyadan Afg’onistongacha bo’lgan hududdagi davlatlar rejani olqishlagan edi. Mintaqaviy integratsiyaning foydasi katta”, - dedi Bleyk.

AQSh diplomatiga ko’ra, hudud dunyoda iqtisodiy jihatdan eng sust integratsiyalashgan bo’lib, mamlakatlar bir-biriga yaxshi bozor bo’lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, deydi Bleyk, Pokiston elektr quvvatiga muhtoj, Tojikiston va Qirg’iziston esa suvga boy; Hindiston gazga bo’lgan ehtiyojining yarmini qoplay oladi, xolos, Turkmaniston esa gaz zaxirasi hajmi bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turadi.

Vashingtonda o’tgan anjuman AQSh vositachiligida turkiy davlatlar o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan ilk tadbir bo’lib, tashkilotchilar kelajakda uning mavzu doirasini kengaytirmoqchi.
  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

  • 16x9 Image

    Behzod Muhammadiy

    Behzod Muhammadiy AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari bilan nom qozongan. 

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG