Breaking News

Turkiya Bosh vaziri Ahmat Dovuto'g'li lavozimidan ketadi


Turkiya Bosh vaziri Ahmat Dovuto'g'li
Turkiya Bosh vaziri Ahmat Dovuto'g'li

Turkiyada hukmron "Adolat va Taraqqiyot" partiyasi 22-may kuni yig'in o'tkazadi va unda Dovuto'g'li partiya yetakchiligi va bosh vazirlik uchun nomzodini qo'ymoqchi emas.

Mamlakatda erta saylov o'tkazishga to'g'ri kelishi mumkin. 4-may kuni Dovuto'g'li Prezident Rajab Toyib Erdog'an bilan uchrashib, ikki soatga yaqin suhbatlashgan. Uchrashuvda tomonlar o'zaro kelishmovchiliklarini hal qila olmagani aytilmoqda.

Ayrim masalalarda bosh vazir mamlakat rahbari yuritayotgan siyosatdan norozi bo'lgan. Xususan, Dovuto'g'li prezident vakolatlarini oshirish maqsadida konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish tashabbusini yoqlamagan.

O'tgan hafta partiya Dovuto'g'lidan mahalliy va viloyat yetakchilarini tayinlash vakolatini tortib olgach, bosh vazir va prezident o'rtasida kelishmovchilik yanada kuchaygan.

Prezident Erdog'an bosh vazirlikdan ketishga Dovuto'g'lining o'zi qaror berganini aytdi.

Turkiya rahbariyatidagi siyosiy beqarorlik mamlakat bir qator muammolar bilan yuzlashib turgan bir paytda ro'y bermoqda.

Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish harakati, qochoqlar inqirozi, "Islomiy davlat" va kurd jangarilariga qarshi kurash masalalarida Anqara jiddiy sinovlar bilan yuzlashmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG