2017-yil boshida Turkmanistonda prezident saylovlari

  • Amerika Ovozi

2013-yildagi parlament saylovlari paytida olingan surat

2013-yildagi parlament saylovlari paytida olingan surat

2017-yilning 12-fevralida Turkmanistonda tarixiy saylovlar o'tadi, deya bong urmoqda davlat axborot vositalari.

Yaqinda bosh qomusga kiritilgan tuzatishlar Prezident Qurbonguli Berdimuhammedovning umrbod rahbar sifatida qolishini ta'minlaydi. Endilikda yoshi 70 dan oshgan fuqaro ham rahbarlik uchun nomzodini qo'yishi mumkin. Prezidentlikning muddati besh yildan yetti yilga uzaytirildi.

Rasmiylarga ko'ra, saylov kuni parlament tomonidan belgilangan.

Demokratik partiya, Sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasi, shuningdek, Dehqonlar partiyasi saylov oldidan o'z nomzodini tanishtiradi. Lekin bu partiyalarning hammasi Berdimuhammedovni quvvatlaydi va uning siyosatiga muqobil takliflar bilan chiqmaydi.

Karimov va Berdimuhamedov, 2014

Karimov va Berdimuhamedov, 2014

Berdimuhammedov 59 yoshda. 2007-yilda hokimiyatga kelgan va 2012-yilda qayta saylangan. Mustaqil Turkmanistonning birinchi rahbari Saparmurot Niyozov 2006-yilning oxirida vafot etgan.

Tabiiy gazga boy mamlakat dunyodagi eng yopiq va repressiv tuzumlardan biri. Mustaqil matbuot va muxolifatga toqat qilinmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG