Turkmanistonda korrupsiya ochiq muhokamada

  • Amerika Ovozi

Prezident Qurbonguli Berdimuhammedov 2006 yilda prezidentlikka kelganida korrupsiya va yulg'ichlikka qarshi keskin choralar ko'rishini aytgan edi

Prezident Qurbonguli Berdimuhammedov 2006 yilda prezidentlikka kelganida korrupsiya va yulg'ichlikka qarshi keskin choralar ko'rishini aytgan edi

Turkmanistonda markaziy bankning 10 xodimi, jumladan, qator yirik arboblar korrupsiyada aybdor topilib, 15 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etildi.

Jarayon ochiq o’tib, davlat televideniyesida namoyish etilgan. Ayblanuvchilar qurilish loyihalari uchun qariyb 5 million dollar pora undirishga uringan, deyiladi hukmda.

Prezident Qurbonguli Berdimuhammedov 2006 yilda davlat tepasiga kelganidan beri ilk bor Turkmanistonning 5,4 million kishilik ommasi bunday ochiq sud ishiga guvoh bo'ldi.

Kuzatuvchilar fikricha, Berdimuhammedov davrida adliya tizimi ancha isloh qilingan va bugunga kelib nisbatan oshkora faoliyat yuritmoqda.

Jinoiy ishlar haqida ma'lum qilib, hukumat korrupsiyaga qarshi kurashayotganini ko’z-ko’z qilmoqda.

Lekin yulg'ichlik chuqur ildiz otgan jamiyatda bir necha amaldorning jazoga tortilishi xamir uchidan bir patir.

Turkmanistonda iqtisodiy jinoyatlar uchun ko’pi bilan 15 yil beriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG