“Turkiy xalqlarni yakdillikka undovchi idora samara bermoqda”


Parlament boshqaruvida ilk qadamlar tashlayotgan Qirg’iziston Turkiyaning tajribasiga katta qiziqish bildirib kelmoqda

Parlament boshqaruvida ilk qadamlar tashlayotgan Qirg’iziston Turkiyaning tajribasiga katta qiziqish bildirib kelmoqda

Turkiyzabon davlatlar parlament assambleyasining uchinchi majlisi Qirg’izistonda o’tishi kutilmoqda.

Bu tuzilmaga, xususan, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston va Qirg’iziston a’zo bo’lib, maqsadi parlamentlar hamkorligi, xalqlar do’stligini mustahkamlashdir.

Qirg’izistondan vakil, TurkPA bosh kotibi muovini Bektemir Ziadinovning aytishicha, assambleya umumiy turkiy til masalasini ko’tarib keladi.

“Qonunlarimizni unifikatsiyalash, ya’ni yaqinlashtirish borasida ish olib bormoqdamiz. O’tgan yilgi majlislar paytida tadbirkorlar va ijroiya tizimlari ishini takomillashtirish yuzasidan qonunlarga tuzatishlar kiritish muhokama qilingan edi. Madaniy, ijtimoiy, gumanitar masalalalar bo'yicha doimiy komissiyamizning Ostonadagi majlisida esa turkiyzabon o’lkalar uchun umumiy tilni ishlab chiqish va kiritish masalasi haqida so’z borgan. Xullas, shu ishlarga urg’u beramiz”, - deydi u.

“Turkiy xalqlarni yakdillikka undovchi idora samara bermoqda”

“Turkiy xalqlarni yakdillikka undovchi idora samara bermoqda”

Rasmiylarga ko’ra, to’rt yil muqaddam tashkil topgan assambleya ushbu xalqlar tarixi, madaniyati va tillarining umumligi berayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishni ko’zlaydi. Tabiiki, birinchi navbatda, tashkilot parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirishni maqsad qilgan.

“Umumiy qadriyatlar, madaniy-tarixiy boyliklarimizni kelajak avlodga yetkazishni ko’zda tutgan qonunlar haqida ham ish yuritamiz. Siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy masalalarda hamkorlik, shuningdek, tomonlar orasida huquqiy ma’lumot almashuvi maqsad qilingan”, - deydi suhbatdosh.

Suhbatdoshga ko’ra, uyushma aholining turli qatlamlar, aytaylik, ayollar tashkilotlari hamkorligini rivojlantirishga ham alohida e’tibor bermoqda.

Ma’lumki, hozirga qadar assambleyaga faqat to’rt mamlakat a’zo. O’zbekiston va Turkmaniston unga kirmagan. Turkiyzabon davlatlar hamkorligi istiqboli haqida nima deyish mumkin?

Ziadinov TurkPAga boshqa davlatlar ham qo’shilishiga umid qiladi. Uning nazarida tashkilotning istiqboli porloq va qardosh davlatlarning turli sohalarda hamkorligi kuchayishiga hissa qo’shadi.

Aytish joiz, parlament boshqaruvida ilk qadamlar tashlayotgan Qirg’iziston Turkiyaning tajribasiga katta qiziqish bildirib kelmoqda. Rahbariyat rasmiy Anqaraning eng faol mehmonlaridan hisoblanadi.

“Turkiy xalqlarni yakdillikka undovchi idora samara bermoqda”

“Turkiy xalqlarni yakdillikka undovchi idora samara bermoqda”

Kuni-kecha Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambayevning Turkiyaga safarida qator muhim hujjatlar imzolangan. Tomonlar munosabatlarida yangi tarixiy bosqich borasida deklaratsiya qabul qilgan.

“Gidro-energetika sohasiga, yerosti boyliklarini o’zlashtirishga Turkiya sarmoyasini olib kirish borasida ham so’z bo’lgan. Ishonamanki, bu harakatlar zoye ketmaydi”, - deydi Ziadinov.

Kuzatuvchilar fikricha, hamkorlik imkoniyatlaridan yetarli ravishda foydalanilmoqda, deyish qiyin. TurkPA samarasini kelajak ko’rsatadi, deydi ular.

XS
SM
MD
LG