Xitoyda uch nafar uyg'ur jurnalisti qamoqqa tashlangan

  • Amerika Ovozi

Shinjon-uyg'ur viloyatida uyg'ur tilida ish olib borgan sayt yurituvchilari 3 yildan 10 yilgacha qamoq muddati bilan jazolangan.

Xitoy sudi Shinjon-uyg'ur viloyatida uch nafar uyg'ur jurnalistini davlat xavfsizligiga tahdid solganlikda aybdor deb topib, 3 yildan 10 yilgacha qamagan. O'tgan hafta bo'lgan va atigi bir kun davom etgan sud qarori yopiq eshiklar ortida o'qib eshittirilgan. Jurnalistlar Dilshod Farhod, Najot Ozod va Nurali "Diyorim", "Salqin" va "Shabnam" deb nomlanuvchi Internet sahifalarini yurgizgan.

Bir necha kun burun G'ayrat Niyoz ismli muxbir ham o'tgan yili Urumchidagi qonli voqealar haqida xorij jurnalistlari bilan muloqot qilgani uchun 15 yilga qamalgan edi. Yuqoridagi veb-sahifalarda uyg'ur xalqining og'ir hayoti haqida ko'plab muhokamalar kuzatilgani aytiladi. Sahifalar o'sha voqealardan so'ng yopilgan.

Jahon uyg'urlari kongressi vakili Dilshod Rashidning aytishicha, Xitoyda kamida 76 uyg'ur Internetdagi faoliyati uchun hibsda saqlanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG