Tailand yuzlab uyg’urni Xitoyga deportatsiya qilishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Qochqinlar avvaliga o’zlarini turk deya tanishtirgan. Ular haqiqiy millati ayon bo’lsa, Xitoyga deportatsiya qilinishdan qo’rqqan, deydi qochqinlarning yaqinlari.

Qochqinlar avvaliga o’zlarini turk deya tanishtirgan. Ular haqiqiy millati ayon bo’lsa, Xitoyga deportatsiya qilinishdan qo’rqqan, deydi qochqinlarning yaqinlari.

Tailand hukumati Xitoyda hukumat bosimidan norozi bo’lib qochgan qariyb 200 uyg’urni vataniga qaytarib yuborishi mumkin. Bu odamlar chorshanba kuni hibsga olingan.

Ular Tailand janubidagi yashirin lagerda jon saqlagan, keyinroq qo’shni davlatga, aholisi asosan musulmonlardan iborat Malayziyaga bosh olib ketmoqchi bo’lgan.

Qochqinlar avvaliga o’zlarini turk deya tanishtirgan. Ular haqiqiy millati ayon bo’lsa, Xitoyga deportatsiya qilinishdan qo’rqqan, deydi qochqinlarning yaqinlari.

Tailand hukumati bu odamlar haqida Xitoy elchixonasini ogoh qilgan. Uyg’urlar yashirin lagerdan mamlakat janubidagi hibsxonaga ko’chirilgan.

Tailand, Malayziya Xitoy bilan mustahkam savdo va diplomatik rishtalarga ega. O’tmishda Pekin bosimidan so’ng bu davlatlar uyg’ur qochqinlarini vataniga qaytarib yuborgan.

Xitoydagi uyg’ur aholi hukumatning adolatsiz siyosatidan shikoyat qiladi; madaniyati, dini, tili, siyosiy haqlari oyog’osti qilinayotganidan noliydi.

Bu orada, Xitoy rasmiylarining aytishicha, Xunan viloyatida bir odam besh kishini pichoqlab o’ldirgan. Ketidan politsiya hujumchini otib o’ldirgan. Janjal viloyatdagi do’konda ikki sotuvchi o’rtasida boshlangani ma’lum.

Oy boshida Xitoy janubi-g’arbidagi vokzalda pichoqlashuv 29 odamni hayotdan olib ketgan edi. Hukumat voqeada shinjonlik uyg’ur ayirmachilarni ayblagan.

235 uyg'ur lagerdan hibsxonaga ko'chirilgan.

235 uyg'ur lagerdan hibsxonaga ko'chirilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG