Xitoyda uyg’ur noqonuniy diniy adabiyot sotgani uchun 10 yilga qamaldi

  • Amerika Ovozi

Uyg’ur xalqi ayovsiz xo’rlanmoqda, tili, dini, madaniyati oyoqosti qilinmoqda, deydi faollar.

Uyg’ur xalqi ayovsiz xo’rlanmoqda, tili, dini, madaniyati oyoqosti qilinmoqda, deydi faollar.

Xitoy sudi uyg’ur fuqaroni noqonuniy diniy adabiyot sotganlikda aybdor topib, 10 yil qamoq jazosi bergan.

Shinjonning Xo’tan shahrida Habibulla Ibrohimning sudi uyg’ur faollari, inson huquqlari himoyachilari orasida norozilik uyg’otgan.

31-may kuni qo’shni Qashg’ar sudi to’qqiz uyg’urni noqonuniy diniy faoliyatda ayblab, ozodlikdan mahrum etgan edi.

“Xitoy hukumatining bu qilmishiga chidab bo’lmaydi. Uyg’ur xalqi ayovsiz xo’rlanmoqda, tili, dini, madaniyati oyoqosti qilinmoqda”, - deydi Jahon uyg’urlari kongressi matbuot kotibi Dilshot Rashit.

“Hukumat Shinjondagi qonli voqealarning uch yilligi arafasida ehtiyot choralar ko’rmoqda, uyma-uy tintuv qilishlar boshlangan”, - deydi u.

2009-yilning yozida uyg’urlar isyoni va etnik olishuvlar, rasmiy hisoblarga ko’ra, 197 odamni hayotdan olib ketgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG