Slavyanskda armiya va isyonchilar o’q almashdi, o’lganlar bor

  • Amerika Ovozi

Kecha Odessada Rossiyaga moyil guruhlar – yuzlab odamlar militsiya binosiga to’qmoqlar bilan bostirib kirgan. Hafta boshida shahardagi to’qnashuvlar va yong’in 42 odamning boshini yegan edi.

Kecha Odessada Rossiyaga moyil guruhlar – yuzlab odamlar militsiya binosiga to’qmoqlar bilan bostirib kirgan. Hafta boshida shahardagi to’qnashuvlar va yong’in 42 odamning boshini yegan edi.

Ukraina sharqidagi janglarda kamida 20 odam halok bo’lgani xabar qilinmoqda.

Ukraina qo’shinlari bugun sharqdagi Slavyansk shahrida Rossiyaga xayrixoh kuchlar bilan o’q almashgan.

Janglarda kamida 20 odam halok bo’lgani xabar qilinmoqda. Mahalliy matbuotning bildirishicha, shahar yaqinida teleminora hukumat qo’shinlari qo’liga o’tgan. Mahalliy to’rt askar nobud bo’lgani aytiladi. Shahar uzra MI-24 rusumli jangovar vertolyot urib tushirilgan, uchuvchi omon qolgan.

Kecha Odessada Rossiyaga moyil guruhlar – yuzlab odamlar militsiya binosiga to’qmoqlar bilan bostirib kirgan. Hafta boshida shahardagi to’qnashuvlar va yong’in 42 odamning boshini yegan edi. Rasmiylar voqea ketidan 150 kishini hibsga olib, yarmidan ko’pini qo’yib yuborgan.

Ukraina vaqtli Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk kecha shaharni ko’zdan kechirib, Rossiyani Ukrainani parchalab tashlashni rejalayotganlikda aybladi. Avval sharqiy shaharlar, endi Odessani barbod qilishmoqchi, deydi Yatsenyuk.

Ukraina aksil-terror amaliyotlarini davom ettirish qarorida qat’iy, deydi rahbarlar. Kreml esa minglab rusiyzabon fuqaro yordam so’rab qo’ng’iroq qilayotganini aytmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukraina hukumatini qon to’kilishlarni bas qilishga va askarlarni qaytarib olishga undamoqda. Vazirlik Kiyevni o'z xalqiga qarshi terror amaliyotini yuritayotganlikda aybladi.

Sharqda armiya qamalida qolayotgan shaharlar gumanitar halokat bilan yuzlashmoqda, deydi Rossiya rasmiylari.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG