Ukrainada hibsga olingan namoyishchilar ozod etiladi

  • Amerika Ovozi

Oliy Rada - Ukraina parlamenti

Oliy Rada - Ukraina parlamenti

Ukrainada prezident va muxolifat kelishuviga mufoviq, parlament bugun so’nggi ikki oydan beri davom etayotgan namoyishlar paytida hibsga olingan odamlarga nisbatan amnistiya e’lon qildi.

Bungacha prezident Viktor Yanukovich namoyishchilar Kiyevdagi barrikadalarni yig’ishtirib o’z hududiga qaytsagina, amnistiya e’lon qilinadi degan edi.

Kecha bosh vazir Mikola Azarov lavozimidan ketgan. Muxolifat uning iste’fosini talab qilib kelayotgan edi.

Ukraina qonuniga ko’ra, bosh vazir bilan birga vazirlar mahkamasi ham vazifasidan ozod etilishi lozim. Yangi mahkama tuzilguncha vazirlarga vazifalarini davom ettirish buyurilgan.

Bryusselda Yevropa Ittifoqi rahbarlari bilan uchrashgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Ukrainada hokimiyatga kim kelishidan qat’i nazar Moskva va’da qilgan moliyaviy yordamidan qaytmaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG