Breaking News

Sharqiy Ukrainada rusparast kuchlarga qarshilik oshmoqda


Sharqiy Ukrainadagi birdamlik tarafdorlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:37 0:00
Sharqiy Ukrainada rossiyaparast kuchlar g’alayoni kuchayib borayotgan bir paytda Ukraina bilan birdamlikni qo’llab-quvvatlayotgan va Rossiyaning aralashuviga qarshi bo’lgan mahalliy faollar soni ham oshmoqda. Ularning aksariyati oshkora namoyish qilishdan tiyilayotgan bo’lsa-da, Ukrainaning parchalanishiga aslo yo’l qo’ymasliklarini ta’kidlamoqda.
Kolya o’spirin yigit. Ukraina kelajagi uchun jonimni ham berishga tayyorman, deydi u.
U Donetskdagi hokimiyat binosini egallab olgan rossiyaparast namoyishchilar orasida kamera bilan yurib, bo’layotgan hodisalarni videoga olmoqda va butun dunyoga tarqatmoqda. Ukrainadagi vatandoshlarimiz bo’layotgan voqealardan xabardor bo’lishini istayman, deydi u.

Kolya, shuningdek, radiodastur orqali boshqa sheriklari bilan aloqa qilayotganini aytadi.

“Biz Ukrainada bo’lishni, Donetskni himoya qilishni istaydigan odamlarni shu yo’l bilan topamiz”, - deydi u.

Donetskda pravoslav cherkovi ruhoniylari ham vatanni himoya qilishga shay.

Markaziy ko’cha boshiga ular Ukraina bayrog’ini osib, milliy birdamlik uchun ibodat qilmoqda.

Shaharning har yerida rossiyaparast kuchlar gavjum bo’lgan bir paytda bu jasoratli ish.

“Dastlab, biz Donetskdagi Lenin maydonida ibodat qilishni boshladik. Ammo bizga tayoq va toshlar bilan hujum qilishdi. Bosqinchi va yovuz odamlar hanuz bor. Ular bu yerni vayron qilishni istaydi”, - deydi ruhoniy Pitro Matishenko.

Ruhoniylar turgan joy ro’parasidagi kafeda Ukrainani himoya qilaman deganlar o’tiribdi. Bu faollar rossiyaparast kuchlarga qarshi qanday kurash olib borish yo’llarini muhokama qilmoqda.

Ular Donetsk mudofaa kuchlarini tashkil qilgan. Guruh rahbari Sergey Yeryomin fuqarolar urushi boshlanishi mumkinligidan ogohlantiradi.

“Rossiyaga qarshi kuchlar ishtirokida katta fuqarolar urushi boshlanishi mumkin. Odamlar Rossiyaning bosqiniga jim qarab turmaydi. Ular uchun jiddiy muammo bo’lishi aniq. Qrimdagidek bo’lmaydi bu yerda”, - deydi u.

Shanba kuni yuzlab ukrainaliklar Rossiya aralshuviga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi.

Rossiyaparast kuchlardan ikki kilometr narida bu odamlar Ukraina birdamligini yoqlamoqda. Butun mamlakat bo’ylab minglab odamlar shu g’oya atrofida birlashgan.

“Sharq bilan G’arb birgamiz. Ukrainaning ozod va mustaqil bo’lishini istayman. Biz ukrainaliklar barchamiz yagona oilamiz”, - deydi namoyishchilardan biri.

Hozir Donetskda bu fikrga qo’shilmaydigan ko’p. Sharqiy Ukraina masalasida tomonlar ikkiga bo’lingan. Har ikki taraf vaziyatning yanada keskinlashishidan xavotirda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG