Ukrainada Dnepropetrovsk gubernatori ishdan olindi, ikki rasmiy hibsda

  • Amerika Ovozi

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko (chapda) lavozimidan bo'shatilgan Igor Kolomoyskiy bilan uchrashmoqda, Kiyev, 25-mart, 2015-yil

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko (chapda) lavozimidan bo'shatilgan Igor Kolomoyskiy bilan uchrashmoqda, Kiyev, 25-mart, 2015-yil

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko Dnepropetrovsk oblasti gubernatori Igor Kolomoyskiyni lavozimidan ozod etdi. So'nggi kunlarda prezident va gubernator o'rtasida ziddiyat kuchaygani haqida xabar qilingan.

Milliarder Kolomoyskiy o'z hisobidan ko'ngillilardan iborat xususiy qurolli guruhlar tuzib, ularni sharqdagi isyonchilarga qarshi tashlagan.

Ukrainaning uchinchi badavlat tadbirkori nazoratidagi qurolli kuchlar o'tgan hafta "Ukrnafta" davlat neft kompaniyasi idoralariga bostirib kirib, prezident noroziligiga sabab bo'lgan edi.

Poroshenko mamlakatda xususiy armiyalarga yo'l berilmaydi, dedi. Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Valentin Nalivaychenko Kolomoyskiy qo'li ostida ishlagan rasmiylarni jinoiy to'dalarni moliyalaganlikda va tergovchilarga do'q-po'pisa qilganlikda aybladi.

Bugun, shuningdek, Ukraina Davlat favqulodda holatlar xizmati rahbari Sergey Bochkovskiy va uning o'rinbosari Vasil Stoyetskiy yirik miqdorda korrupsiyada ayblanib, jonli teleefir paytida hibsga olingan. Rasmiylar Vazirlar mahkamasi majlisida o'tirgan payt kishanlangan.

Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov ularni urush paytida xalq pulini o'zlashtirganlikda aybladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG