Ukraina bosh vaziri iste'foga chiqdi

  • Amerika Ovozi

Ukraina sobiq bosh vaziri Mikola Azarov

Ukraina sobiq bosh vaziri Mikola Azarov

Ukraina prezidenti va muxolifati o’rtasida kechgan muzokara natijasida parlament ommaviy namoyishlarni cheklovchi yangi qonunni bekor qildi.

Bosh vazir Mikola Azarov esa siyosiy murosa yo’lida iste’foga chiqdi. Uning aytishicha, bu bilan mamlakatda siyosiy inqirozni tinch yo’l bilan hal etish uchun imkoniyat tug’iladi. Yanukovich shu bugunoq bosh vazir iste’fosini qabul qildi.

Muxolifat prezident Viktor Yanukovich bilan muzokaralarda hibsga olingan faollarni ozod etish, namoyishchilarga qarshi keskin chora ko’ruvchi qonunlarni bekor qilishni so’ragan. Yanukovichning aytishicha, faollar poytaxt Kiyevda qo’yilgan barrikadalarni olib tashlab, o’z viloyatlariga qaytsagina, qamoqdagi safdoshlariga nisbatan amnistiya e’lon qilinadi.

Prezident muxolifatning ikki yetakchisiga bosh vazir va uning o’rinbosari lavozimlarini taklif qilgan edi. Ammo Arseniy Yatsenyuk ham, Vitaliy Klichko ham taklifni rad etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG