AQSh mudofaa vazirligiga nomzod Ukrainaga qurol berish tarafdori

  • Amerika Ovozi

AQSh mudofaa vazirligiga nomzod Eshton Karter Senat Qurolli kuchlar qo'mitasida qonunchilar savollariga javob bermoqda, Vashington, 4-fevral, 2015-yil

AQSh mudofaa vazirligiga nomzod Eshton Karter Senat Qurolli kuchlar qo'mitasida qonunchilar savollariga javob bermoqda, Vashington, 4-fevral, 2015-yil

Prezident Barak Obama tomonidan mudofaa vaziri lavozimiga nomzodi ko'rsatilgan Eshton Karter bugun Senatdagi tinglovda Ukrainadagi vaziyatga munosabatini bildirib o'tdi.

Uning aytishicha, AQSh hukumati Ukraina sharqida isyonchilarga qarshi kurashda Kiyev yonini olib, uni qurol bilan ta'minlashi lozim.

So'nggi kunlarda Obama ma'muriyati shu masalada o'ylanmoqda. Ayrimlar nazarida bu Ukrainaga qo'shni Rossiya tomonidan provokatsiya sifatida qabul qilinib, Kreml isyonchilarga harbiy yordamni oshirishga majbur qilishi mumkin. Boshqalar esa Ukraina hukumati harbiy yordamsiz isyonchilarni yenga olmasligini aytmoqda.

Fransiya Mudofaa vaziri Jan Iv Ledrianning bugun Parijda aytishicha, uning hukumati Kiyevga qurol uzatishni hozircha lozim deb topmaydi.

Germaniya kansleri Angela Merkel ham seshanba kuni shu haqda fikr bildirgan.

"Ukrainaga qurol bermaymiz, mojaroga diplomatik yechim izlashda davom etamiz", - dedi u. Dushanba kuni Merkel Vashingtonda Prezident Obama bilan uchrashadi.

Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo'yicha maxsus vakili Federika Mogerini Ukrainada jang qilayotgan tomonlarni kamida uch kunlik sulhga chaqirdi.

"Tinch aholini, qayerda bo'lmasin, o'qqa tutish xalqaro gumanitar qonunga ziddir. Artilleriyani aholi yashaydigan hududlardan zudlik bilan chiqarish kerak", - deydi Mogerini.

Payshanba kuni AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Kiyevda Prezident Petro Poroshenko bilan uchrashganidan so'ng Ukrainaga qurol uzatish masalasi oydinlashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG