Breaking News

O'zbekiston, Qozog'iston Ukraina masalasida pozitsiyasini bildirdi


Karimov va Nazarboyev vaziyatni sergaklik bilan kuzatayotgani aniq
Karimov va Nazarboyev vaziyatni sergaklik bilan kuzatayotgani aniq
Ukrainadagi voqealar umuman yoritilmayotgan O'zbekistonda hukumat nihoyat bu mavzuda gap ochdi:

"Ukrainada ro’y berayotgan voqealar vaziyatning jiddiy murakkablashuviga hamda o’zaro qarama-qarshilikka olib kelgani barobarida ular tanglikning yanada kuchayishini, oldindan aytish mushkul bo’lgan oqibatlarni keltirib chiqarishi, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligiga jiddiy xavf solishi mumkinki, bunday holat O’zbekistonda chuqur xavotir va tashvish uyg’otmasligi mumkin emas.

O’zbekiston Ukrainada yuzaga kelgan vaziyatning bartaraf etilishini eng avvalo, kuch ishlatishlar qo’llanilishidan voz kechilgan holda, vujudga kelgan muammolar tinch yo’l bilan, siyosiy vositalar va sa'y-harakatlardan foydalanilgan tarzda, xalqaro huquqning asosiy me'yorlariga hamda BMT Nizomiga asoslangan holda muzokaralar yo’li bilan hal etilishida ko’radi.

O’zbekiston Ukrainadagi nizoli jarayonda ishtirok etayotgan tomonlar o’rtasida tez fursat ichida o’zaro kelishuvga erishilishi uchun yuksak darajadagi vazminlik va mulohazakorlik namoyon qilinishiga umid bildiradi",
- deyiladi Tashqi ishlar vazirligi chiqargan bayonotda.

Qo'shni Qozog'iston, millionlab rus aholiga ega va rus tilida gaplashuvchi elatlar yashaydigan davlat Ukraina mojarosiga daxldor tomonlarni kuch ishlatmaslikka, kelishmovchilikni diplomatiya yo'li bilan hal etishga undamoqda.

"Ukrainadagi vaziyat bevosita sobiq ittifoq mamlakatlari orasidagi aloqalarga va bilvosita Boj ittifoqiga ta'sir qiladi", - deydi prezident Nursulton Nazarboyev, Rossiya boshliq blokka ishora qilib.

Nazarboyev bu masalani muhokama qilish uchun favqulodda yig'ilishga chaqirgan. Hozirgidek xavfli hollarning oldini olish faol diplomatiya va fikr almashinuv talab qiladi, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG