Qrimda referendum, BMT nazarida bu noqonuniy qadam

  • Amerika Ovozi

AQSh elchisi Samanta Pauer, BMT Xavfsizlik kengashi, 15-mart, 2014, Nyu-York

AQSh elchisi Samanta Pauer, BMT Xavfsizlik kengashi, 15-mart, 2014, Nyu-York

Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi Qrimda ertaga kutilayotgan referendumni qoralab, rezolyutsiya qabul qilishi kerak edi, lekin u ovozdan o'tmadi. Xitoy, doimiy a'zo ovoz berishdan bosh tortdi. Yana bir doimiy a'zo Rossiya esa unga veto qo'ydi.

Ertangi referendumda fuqarolar ikki narsadan birini tanlaydi: Ukraina tarkibidan chiqib Rossiyaga qo’shilish yoki avtonomiyani kuchaytirish.

AQSh olg'a surgan rezolyutsiya loyihasi Ukraina hududiy yaxlitligi va suvereniteti hurmat qilinishiga chaqiradi va ertangi referendumni noqonuniy va asossiz deya baholaydi.

Amerika elchisi Samanta Pauer va Yevropa davlatlari diplomatlari deydiki, hujjat o'tmagani bilan BMT pozitsiyasi aniq.

Ukraina bo’ylab, shuningdek, Rossiya poytaxtida ham namoyishlar kuzatilmoqda. Bir maydonda Rossiya uchun, boshqasida esa Ukraina.

Moskvaning Qizil maydonida sovetcha kiyingan va sobiq ittifoq bayrog’ini kiygan yuzlab odamlar. Qarshi tomonda esa Ukraina bayrog’I hilpiraydi va Rossiya Qrimni bosib oldi deya hayqirayotgan olomon.

AQSh Qrimning Ukrainadan ajralib, Rossiyaga qo’shilishi noqonuniy qadam bo’ladi va xalqaro hamjamiyat qarab turmaydi deya ogohlantirmoqda.

Kecha Londonda Kerri va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov olti soat muzokara olib borgan, natijasiz.

Lavrov deydiki, tomonlar murosadan juda yiroq. “Biz Qrim xalqi nima istasa, shuni hurmat qilamiz”,- deydi u.

G’arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari hech kimga foyda keltirmaydi, deya qo’shadi Lavrov.

Prezident Barak Obama fikricha diplomatiya ish berishiga umid bor. Rossiya rahbari Vladimir Putin esa BMTga Qrimdagi referendum xalqaro qonunlarni buzmaydi deya eslatmoqda. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bu fikrdan yiroq. Uningcha, Kreml Ukraina ichki ishlariga aralashib, mamlakat tinchligini buzmoqda.

Bu orada Rossiya Ukraina bilan chegaradosh hududda harbiy mashqlar qilish uchun minglab askarini safarbar etmoqda. Unda 20 ming qurolli kuch ishtirok etishi mumkin, deydi rasmiylar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG