Donetskda yana janglar, ikki kishi o’lgan

  • Amerika Ovozi

Donetsk, Ukraina. 17-sentabr, 2014-yil.

Donetsk, Ukraina. 17-sentabr, 2014-yil.

Ukrainaning bo’lginchilar hukmron Donetsk shahridagi olishuvlar ikki oddiy fuqaroni hayotdan olib ketgan. Otishmada yana uch kishi jarohatlangani ma’lum.

Guvohlarning aytishicha, olishuv paytida gaz quvuri yorilib, yong’in boshlangan va natijada bir necha xonadon kuyib kul bo’lgan.

O’lganlardan biri ana shu xonadonda yashovchi nogiron ekani xabar qilinmoqda.

Seshanba kuni Ukraina parlamenti sharqiy viloyatlarga o’z-o’zini boshqarishga ruxsat beruvchi hujjatni ma’qullagan edi.

Bundan tashqari, bo’lginchilarga amnistiya e’lon qilindi. Og’ir jinoyatlarni sodir etgan ayirmachilar bundan istisno.

Prezident Petro Poroshenko taklif qilgan bu qonunlar mamlakatda besh oydan beri tinmayotgan isyon va to’qnashuvlarni tugatishni ko’zlaydi.

Mojaro shu paytgacha uch mingdan ziyod odamni hayotdan olib ketdi; mamlakatni siyosiy va iqtisodiy falaj holatiga solib qo’ydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG